
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining finalida Ispaniya va Angliya terma jamoalari 14 iyul, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi nisbatan ehtiyotkor o‘tdi va hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Niko Uilyams Yamalning uzatmasini golga aylantirdi. 73-daqiqada kelib, zaxiradan maydonga tushirilgan Palmer hisobni tenglashtirdi.
87-daqiqada Mikel Oyarsabal ispanlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuv oxiriga qadar 2:1 hisobi saqlanib qoldi va De la Fuente shogirdlarining qo‘li baland keldi.
Shu tariqa Ispaniya 2024 yilgi Yevropa Chempionati g‘olibiga aylandi.

Yevro—2024
Final
14 iyul, yakshanba
Ispaniya – Angliya 2:1
Gollar: 1:0 – 47 Uilyams, 1:1 – 73 Palmer, 2:1 — 87 Oyarsabal.
Ispaniya: Unai Simon, Karvaxal, Laport, Le Norman, Kukurelya, Nacho, Fabian Ruis, Rodri (Subimendi, 46), Olmo, Uilyams, Yamal (Merino, 89), Morata (Oyarsabal, 68).
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Shou, Rays, Foden (Tauni, 89), Bellingem, Maynu (Palmer, 70), Saka, Keyn (Uotkins, 61).
Ogohlantirishlar: Keyn (25), Olmo (31), Stounz (53). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar