20:45 / 15.07.2024
107

Ro‘ziqul Berdiyev: "Yaxshi sport formaga kirib olish uchun astoydil mehnat qilishimiz kerak"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Yaxshi sport formaga kirib olish uchun astoydil mehnat qilishimiz kerak"
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev "Spartak"ka qarshi bellashuvdan (0:3) so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Odatda jamoalar 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lganida tribunada o‘tirgan muxlislar jamoani bunaqa qo‘llab-quvvatlamaydi. Buni qanday izohlaysiz?

- Chunki ular bizni yaxshi ko‘rishadi. Buning uchun ularga katta rahmat. "Spartak" kuchli ekanligi bois yutdi. Raqib kuchliligini yaxshi bilardik. Qarshilik qilishga urindik, ammo o‘xshamadi. Biz tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. "Spartak" o‘yinga shay holatda ekanligi ko‘rindi. Ular har 5 kunda o‘ynayotgani ham o‘z so‘zini aytdi. Biz esa yaxshi sport formaga kirib olish uchun astoydil mehnat qilishimiz kerak.

- Ikkinchi taymda birinchi taymdagiga qaraganda bir talay vaziyatlar yuzaga keldi...

- Birinchi taymda ham vaziyatlar bo‘lgandi. Ulardan foydalanishni bilish kerak. Yutishni yoki yaxshi natijaga erishishni xohlasang, gol urishing lozim.

"Spartak" klubiga rahmat, bizni iliq kutib oldi. Ularni ham O‘zbekistonda kutib qolamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Yaxshi sport formaga kirib olish uchun astoydil mehnat qilishimiz kerak"