Ispan futbolining mashhur vakillaridan Sesk Fabregas “Manchester Yunayted” ayrim yulduzlar, xususan, Jeydon Sancho, Kazemiro va Sufyon Ambrabatning futbolchi sifatida so‘nishiga sababchi bo‘lganini aytdi.
- “Manchester Yunayted” hali ko‘tariladi, chunki bu buyuk klub. Lekin Jeydon Sanchoga qarang. U manchesterliklar safida yaxshi o‘ynamadi, lekin “Borussiya Dortmund”ga ketganidan keyin biz ko‘rib ko‘nikkan avvalgi darajasiga ko‘tarila oldi.
Yoki Amrabatga bir nazar tashlang. U jahon chempionatida Marokash terma jamoasi safida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgandi. “Manchester Yunayted”ga o‘tganidan keyin umuman boshqa o‘yinchiga aylandi.
Kazemiro esa, “Real”da to‘p tepgan davrda Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini bir-biriga ulab, qo‘lga kiritardi. U dunyoning eng zo‘r tayanch yarmi himoyachisi edi. “Manchester Yunayted”ga o‘tganidan keyin o‘zgarib qoldi.
Bu holat menga klub ichida hamma ishlar ko‘ngildagidek emas, degan tuyg‘uni uyg‘otmoqda. Uch nafar zo‘r o‘yinchining jamoaga kelib, birdan yaxshi o‘ynamay qo‘yishi bu shunchaki tasodif emas, - dedi Sesk Fabregas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi