22:31 / 17.07.2024
61

Terens Krouford: Madrimovda tezkorlik, kuch va chidamlilik kabi xususiyatlar mujassam

Terens Krouford: Madrimovda tezkorlik, kuch va chidamlilik kabi xususiyatlar mujassam
Foto: Getty Images
Uch vazn toifasida jahon chempioni va pound-for-pound reytingi yetakchisi Terens Krouford o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Tezkorlik, kuch, chidamlilik va noodatiy harakatlar uni o‘ziga xosligini ta’minlagan. Bularning barchasi Madrimovda mujassam va u men duch kelgan jangchilardan farq qiladi.

Oddiygina narsa ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. U yetarlicha dam olgan. Bu esa uning o‘ziga qarshi ishlashi mumkin. Ringga ancha vaqt chiqmaslik, o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Menda ishlar qanday ketyapti? Menda hammasi joyida
”, — deydi Krouford.

Bokschilar o‘rtasidagi jang Amerika Qo‘shma Shtatlarining Los-Anjeles shahrida 3 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Amerikalik bokschi professional ringda o‘tkazgan 40 ta jangining barchasida g‘alaba qozongan. G‘alabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan.

Madrimov esa 8 mart oqshomida Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida rossiyalik Magomed Kurbanovni 5-raundda nokautga uchratib, WBA kamarini qo‘lga kiritgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Terens Krouford: Madrimovda tezkorlik, kuch va chidamlilik kabi xususiyatlar mujassam