Messiga gapirgan gapi uchun Argentina vazir o‘rinbosari ishdan olindi

Messiga gapirgan gapi uchun Argentina vazir o‘rinbosari ishdan olindi
Fransiya futbolchilari haqoratlagani uchun Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi uzr so‘rashi kerak degan mamlakat sport vaziri o‘rinbosari Xulio Garro ishdan olindi. Bu haqida mamlakat devonxonasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Hech bir amaldor amaldagi jahon chempioni, ikki karra Kopa Amerika sohibi yoki boshqa har qanday fuqaroning gaplariga munosabat bildirishga, fuqaroning gaplarini izohlashga haqli emas. Shu sababli vazir o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi», — deyilgan devonxona tomonidan taqdim etilgan bayonotda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar