14:31 / 15.09.2016
6 251

Portugaliya futzal termasi bosh murabbiyi: O‘zbekiston termasi juda kuchli murabbiyga ega

Portugaliya futzal termasi bosh murabbiyi: O‘zbekiston termasi juda kuchli murabbiyga ega

Futzal bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi ustozi Xorxe Braz O‘zbekiston termasiga qarshi JCh–2016 turniri “A” guruhi 3-turidan oldin o‘z fikrini aytib o‘tdi.

“O‘zbekiston terma jamoasi juda kuchli murabbiyga ega. Men bo‘lajak raqibizning Kolumbiyaga qarshi o‘yinini stadiondan kuzatdim, ushbu bahsda O‘zbekiston juda yorqin o‘yin namoyish etdi.

Jamoamizda Rikardinodek o‘yinchi borligidan faxrlanaman. U haqiqiy professional va o‘z ishini ustasi. Rikardino jamoamizning etakchisi va unga bo‘lgan ishonchim chegara bilmaydi”, – dedi Xorxe Braz.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya “A” guruhida 4 ochko bilan birinchi, O‘zbekiston terma jamoasi esa 1 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Portugaliya futzal termasi bosh murabbiyi: O‘zbekiston termasi juda kuchli murabbiyga ega