06:53 / 22.07.2024
838

Fayzullayev Olimpiadada porlasa bormi...

Fayzullayev Olimpiadada porlasa bormi...
Rossiya Premer-ligasining yangi mavsumi boshlandi. Yangi chempionatda yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan SSKAga jamoaning asosiy figuralaridan hisoblangan Abbosbek Fayzullayev yordam bera olmayapti.

20 yoshli hujumkor futbolchimizning oldida katta mas’uliyatli vazifa turibdi. Fayzullayev O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida mamlakat futbolidagi katta tarixiy voqea – yozgi Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilishi kerak.

Parij Olimpiadasi qolgan futbolchilarimiz qatorida Abbosbek Fayzullayevga ham Yevropa maydonlarida o‘z salohiyatini namoyish etish imkonini beradi. Buni Rossiya futbolini yoritayotgan qator ommaviy axborot vositalari, mutaxassislar, ekspertlar ham ta’kidlamoqda.

CHAMPIONAT.COM sayti:
SSKAda atigi bir necha oylik faoliyati davomidayoq o‘zbek futbolchisi Rossiya futbolida o‘ziga xos nom qozondi. O‘tgan mavsum Abbosbek Fayzullayev zo‘r o‘ynadi, jami 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist qayd etdi.

Abbosbek o‘z mahoratini O‘zbekiston milliy terma jamoasi darajasida xalqaro maydonlarda ham namoyish qila oldi.

“Armiyachilar”ning legioneri atigi 20 yoshda ekanini inobatga olsak, unga xorijdan qiziqishlar bo‘lishi tabiiy.

Yaqinda “Vilyarreal” vakillari futbolchi borasida muzokara qilgani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi.

Hozir esa, Fayzullayev “Olimpiada-2024” musobaqasida o‘zini reklama qilish imkoni ega. Hujumkor futbolchi ayni paytda Olimpiadada qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi safida bo‘lib turibdi.

ALЕKSANDR GRISHIN, SSKAning sobiq futbolchisi:
Fayzullayevning Olimpiada ketgani SSKA uchun juda katta yo‘qotish. Lekin bu Abbosning imiji uchun juda foydali.

Agar Fayzullayev Olimpiya o‘yinlarida zo‘r o‘ynasa, o‘zining transfer qiymatini yanada ko‘tarib oladi.

Mening nazarimda, yetakchi futbolchilardan birining ketgani va “armiyachilar” safida o‘ynamayotgani SSKA uchun haqiqiy muammo. Agar bir-ikki yetakchi o‘yinchi bo‘lmasa, bu har qanday jamoa uchun ham muammo tug‘diradi.

Abbosni almashtirib bo‘lmas futbolchi, demayman, lekin u xavfli vaziyatlar yarata oladigan va o‘tkir hujum tashkil qiladigan muhim o‘yinchilardan biri. Lekin Olimpiya o‘yinlari hayotda bir martagina bo‘lishi mumkin xolos. Shu bois, unga bormaslik ham to‘g‘ri bo‘lmaydi.

SPORT-EXPRESS.RU sayti:
Yangi mavsum oldidan SSKAda jiddiy yo‘qotishlar bo‘lmadi. Anton Zabolotniy va Kirill Nababkinning ketishini yarim yil oldin ham taxmin qilish mumkin edi. Hali ham Fyodor Chalovning Yevropaga ketish ehtimoli saqlanib turibdi. Viktor Davila ham ketish istagini bildirgan.

Abbosbek Fayzullayevning ahamiyati ham tobora oshib bormoqda. Agar u Parij Olimpiadasida porlasa, xorijdan juda yaxshi takliflarni oladi.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullayev bugungi kunda Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi. Legioner sifatida Rossiya Premer-ligasida va O‘zbekiston terma jamoalari safida xalqaro miqyosdagi turnirlarda muvaffaqiyatli o‘ynab kelayotgan hujumkor futbolchimizning transfer summasi bugungi kunda 6 million yevroni tashkil qilmoqda. Fayzullayevning Olimpiya o‘yinlaridagi harakatlar va ko‘rsatkichlariga ko‘ra, bu summa yana o‘zgarishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayev Olimpiadada porlasa bormi...