Foto: O‘FA
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida futbol musobaqasi start oldi.
C guruhining ilk turida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 28-daqiqasida ispanlar himoyachisi Pubill hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida Eldor Shomurodov penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Qayd etib o‘tish lozim ushbu gol O‘zbekistonning Olimpiadalar tarixidagi ilk goli sifatida tarixdan joy oldi.
Ikkinchi bo‘limda esa ispanlar penalti ishlab oldi. Biroq Abduvohid Ne’matov ushbu penaltini qaytara oldi. 62-daqiqada esa aynan penaltidan unumli foydalana olmagan Serxio Gomes jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Uchrashuv yakuniga qadar shu hisob saqlanib qoldi va O‘zbekiston 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Timur Kapadze shogirdlari 2-turda Misrga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 27 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Parij—2024
1-tur
24 iyul, chorshanba
O‘zbekiston — Ispaniya 1:2
Gollar: 0:1 — Pubill, 1:1 — 45+3 Shomurodov (penalti), 1:2 — 62 Gomes.
O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 4. Husniddin Aliqulov, 3. Abduqodir Husanov, 6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 18. Abdurauf Bo‘riyev (8. Ruslanbek Jiyanov, 67), 15. Umarali Rahmonaliyev, 10. Jasur Jaloliddinov (17. Diyor Xolmatov, 67), 11. Oston O‘runov (9. Husayn Norchayev, 59), 14. Eldor Shomurodov (19. Ibrohim Ibragimov, 78), 7. Abbosbek Fayzullayev.
Ispaniya U-23: 1. Arnau Tenas, 2. Mark Pubill, 4. Erik Garsiya, 5. Pau Kubarsi (12. Xon Pacheko, 46), 3. Xuan Miranda, 6. Pablo Barrios, 10. Aleks Baena, 11. Fermin Lopes, 14. Aimar Oros, 17. Serxio Gomes, 9. Abel Ruis.
Ogohlantirish: Pau Kubarsi (Ispaniya) 7, Jasur Jaloliddinov (O‘zbekiston) 36, Mark Pubil (Ispaniya) 37, Abdurauf Bo‘riyev (O‘zbekiston) 61, Diyor Xolmatov (O‘zbekiston) 68, Adrian Bernabe (Ispaniya) 80, Abel Ruis (Ispaniya) 82, Samu Omorodion (Ispaniya) 90+6. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi