
Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiada doirasida O‘zbekiston futbol terma jamoasi Ispaniya bilan kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz "Qizil Furiya"ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Ispanlar safida Pubil hamda Gomes gol urgan bo‘lsa, vakillarimizning yagona golini Shomurodov penaltidan urdi.
Shu tariqa, vakillarimz turnirni mag‘lubiyat bilan boshladi.
"SofaScore" portali talqiniga ko‘ra, bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Mark Pubil topildi. U 7.9 ballga loyiq ko‘rildi. Undan so‘ng eng yuqori ball to‘plagan o‘yinchi termamiz darvozaboni Abduvohid Ne’matov bo‘ldi. U 7.8 ball to‘pladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar