Olimpiya o‘yinlarining futbol musobaqasida g‘aroyib holat yuz berdi. Parijda o‘tkazilayotgan Olimpiya o‘yinlari futbol musobaqasi birinchi turida Argentina va Marokash termalari o‘rtasidagi o‘yinda g‘aroyib ishlar yuz berdi.
Avvalroq, Argentina 90+16 daqiqadagi goli evaziga mag‘lubiyatdan qutilib qolgani haqida xabar bergandik. Yakunda esa Argentina mag‘lub bo‘ldi. Qanday qilib?
Gap shundaki, Argentina 90+16 daqiqadagi golini urgandan so‘ng, hakam bu golni tekshirish uchun VARga murojaat qilishi kerak edi. Biroq, goldan keyin marokashlik bir necha muxlislar maydonga tushib ketishadi va tartibsizlik keltirib chiqarishadi. Buni ko‘rgan hakam esa jamoalarni maydondan olib chiqib ketishga qaror qiladi. O‘yin esa shu joyida to‘xtatiladi. Barcha muxlislardan stadionni tark etish so‘raladi.
Uchrashuv to‘xtatilganidan ikki soat o‘tib, hakam jamoalarni maydonga qaytaradi va VAR orqali golni tekshirib, o‘sha zahotiyoq golni bekor qiladi. Jamoalar maydonda uch daqiqa o‘ynaganlaridan so‘ng hakam final hushtagini chaladi. Yakunda esa Marokash g‘alaba qozondi.
Argentina U-23 – Marokash U-23 1:2
Gollar: 0:1 – 45+2 Rahimi, 0:2 – 51, penalti Rahimi, 1:2 – 68 Simeone
Argentina U-23 – Ruli, Garsiya (Echeverri, 84), Otamendi, Di Chezare, Soler (Amione, 69), Almada, Senon (Simeone, 54), Medina, Esse (Fernandes, 69), Alvares, Beltran (Gondou, 69).
Marokash U-23 – Moxamedi, Xakimi, El-Azzuzi (Nakach, 80), Boukamir, El-Uaxdi, Ben-Segir (Keshta, 80), Targallin, El-Xannus (Bushuari, 90), Richardson, Axomash (Ezzalzuli, 59), Raimi.
Ogohlantirishlar: Axomash (39), El-Xannus (45+3), El-Uaxdi (61), Rahimi (70), Targallin (87), Fernandes (88), Moxamedi (89), Di Chezare (90+9).
Marokash bo‘sh stadionda g‘alabani nishonlamoqda:
Argentina urgan golda ofsayd bo‘lgan:
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi