23:48 / 24.07.2024
585

Xaver Maskerano: "Hayotim davomida bunaqa sirkni ko‘rmaganman"

Xaver Maskerano: "Hayotim davomida bunaqa sirkni ko‘rmaganman"
Argentina Olimpiya termasi bosh murabbiyi Xaver Maskerano Marokashga qarshi o‘yin haqida fikr bildirdi.

Parij Olimpiadasi futbol musobaqasining birinchi turida Marokashga qarshi durang qayd etdim deb o‘ylagan Xaver Maskerano voqealar rivoji bu tarzda yakunlanganidan norozi bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Argentina 90+16-daqiqada gol urgandi, ammo hakam muxlislarning maydonga tushgani sabab o‘yinni to‘xtatadi va jamoalarni kiyinish xonasiga olib kirib ketadi. Oradan ikki soat o‘tganidan so‘ng esa jamoalar bo‘sh stadionga qaytishadi. Argentinaning goli bekor qilinib, uch daqiqa o‘ynalgandan so‘ng hushtak chalinadi. Marokash esa yakunda g‘alaba qozondi.

"Kecha ular bizning shaxsiy mulkimizni o‘g‘irlashgandi. Almadaning narsalari yo‘qolib qolgandi. Tashkilotchilar har bir narsaga sertifikat so‘rashmoqda, hozir esa bu ish yuz berdi. Bugun esa yetti marta maydonga tushib ketishdi. Keyin esa bizga pirotexnika vositalarini uloqtirishdi. Bizga o‘yin 2:2 hisobida tugadi deb aytishgandi. Xatto Marokash ham bu o‘yinni o‘ynamoqchi emasdi.

Hayotim davomida bunaqa sirkni ko‘rmaganman
", - deydi Xaver Maskerano.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xaver Maskerano: "Hayotim davomida bunaqa sirkni ko‘rmaganman"