7
Husayn Norchayev olimpiada oldidan FIFAga tayyorgarlik, rejalar va maqsadlar haqida intervyu berdi
O‘zbekiston OTJ hujumchisi Husayn Norchayev FIFAga intervyu berdi.
«Bu bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz, bu o‘zbek xalqini xursand qilganiga ishonamiz. Endi tarixni unutib, yangi marralarni zabt etish vaqti keldi. Men olimpiya terma jamoasida ekanligimdan baxtliman».
Bokschilarimiz haqida
Mamlakatimizda futboldan tashqari boksni juda qattiq yaxshi ko‘rishadi, bokschilarimiz juda kuchli. Agar imkon topsam, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun boraman.
Qaysi musiqani yaxshi ko‘rishi haqida
Musiqa tinglashni yaxshi ko‘raman, jang tanlamayman, qaysi biri yoqsa, shuni tinglab ketaman. 22 yoshli yigit boshqalardan ko‘ra ko‘proq eshitishni yaxshi ko‘radigan kuy — bu uning milliy madhiyasi; oltin vodiylar, quyosh nuri, erkinlik va «dunyo bor ekan, shon-shuhrat porlashi» istagiga ishoralar bilan to‘ldirilgan kuy.
Biz Parijga tasodifan kelib qolmadik…
Olimpiadaga ilk bor yo‘l olish tasodifiy natija emas edi, chunki bugungi kunga qadar ko‘p mehnat, vaqt va kuch sarflandi. Guruhda Ispaniya favoritdek ko‘rinishi mumkin, biroq biz ularga qarshi faqat yaxshi natija uchun maydonga tushamiz. Shuningdek, guruhdagi qolgan raqiblarimizni ham mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l olishni maqsad qilganmiz.
Maqsadimiz?
Birinchi navbatda pley-offga yo‘l olish. Keyin esa medallar uchun kurashamiz.
Biz olimpiada jamoalariga «sirli ot» bo‘lishimiz mumkin…
Biz so‘nggi to‘rt yilimizni ushbu musobaqada ishtirok etish uchun safladik. Bizda ajoyib jamoa bor. Oldimizga qo‘ygan maqsadimiz bor va bu yo‘lda kurashishni istaymiz. Biz ko‘pchilik uchun syurpriz bo‘lishimiz aniq. Bizda ajoyib jamoa, iqtidorli futbolchilar va shijoatli murabbiy bor. Balki odamlar Argentina, Ispaniya va Fransiyani favorit deb bilishar, chunki ularda juda kuchli tarkib bor. Lekin, yuqorida aytganimdek, medallar uchun kurashish uchun bizda ham katta imkoniyat bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi