O‘zbekiston sporti tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etayotgan futbolchilarimiz “S” guruhidagi ikkinchi turda Misr vakillariga qarshi maydonga tushadi.
Bu bellashuv har ikki terma jamoa uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki mag‘lubiyatga uchragan terma jamoa amalda keyingi bosqich bilan xayrlashishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Olimpiya o‘yinlarini yoritib borayotgan Fransiya matbuoti O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlariga ham e’tibor qaratmoqda. Chunki bu birinchi navbatda terma jamoamiz tarkibida Fransiya yuqori divizionida “Lans” sharafini himoya qilib kelayotgan Abduqodir Husanov borligi bilan bog‘liq.
ENSO PAYLOT, le11hdf.fr sayti eksperti:
Abduqodir Husanov va uning jamoadoshlarini Olimpiya o‘yinlaridagi ikkinchi jiddiy sinov kutmoqda. Musobaqaning rasmiy ochilish marosimi muvaffaqiyatli o‘tdi va endi barcha bor e’tiborini maydonlardagi qizg‘in bellashuvlarga qaratadi.
O‘zbekiston Nant shahridagi “Stad de la Bojuar” stadionida Misr terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Abduqodir Husanov va uning jamoadoshlari Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarib olgan bo‘lishi kerak.
Qolaversa, Misr ham birinchi o‘yinda porlagani yo‘q. Ular musobaqada eng zaif jamoalardan hisoblanayotgan Dominikan Respublikasi futbolchilari bilan ochko bo‘lishishga majbur bo‘ldi.
Shuning uchun ham Misr va O‘zbekiston uchrashuvida osiyoliklar kichik bo‘lsa-da, ustunlikka ega ekani e’tirof etilmoqda.
“Lans” himoyachisi terma jamoa ikkita gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, ispanlarga qarshi juda zo‘r o‘ynadi. Endi Husanov bu mahoratini jamoadoshlari bilan birga “fir’avnlar” hujumlarini to‘xtatishda ham namoyish qilishi kerak.
ELOIZA DЕ MЕSTЕR, lensois.com sayti eksperti:
O‘zbekiston va Husanov terma jamoasining imkoniyatlariga ishonishda davom etamiz. Olimpiya o‘yinlarining ochilish bahsida Ispaniyaga qarshi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan o‘zbeklar ikkinchi turda dastlabki ochkolarini qo‘lga kiritishi kutilmoqda. G‘alaba guruhdagi raqobatchilardan ortda qolib ketmaslik uchun o‘ta zarur.
Nant shahri mezbonlik qiladigan O‘zbekiston va Misr uchrashuvi oldidan favoritni tanlash juda qiyin masala bo‘lib qolmoqda.
Misr birinchi turda Dominikan Respublikasi terma jamoasini yengolmay, ko‘pchilikni hayron qoldirdi.
Hali biror ochko jamg‘armagan Abduqodir Husanov jamoasi esa, guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olish uchun Misrga qarshi bahsni o‘z foydasiga hal qilishi shart. Shundagina, o‘zbeklar keyingi bosqichga chiqish imkonini saqlab qoladi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiyadagi Olimpiya o‘yinlaridagi futbol musobaqasida 16 mamlakat terma jamoalari to‘rt guruhga bo‘linib, o‘zaro raqobatlashmoqda. Har bir guruhdan ikkitadan terma jamoa chorak finalga yo‘llanma oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi