Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari doirasida futbol musobaqasidan o‘rin olgan guruh o‘yinlarining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
O‘zbekiston milliy Olimpiya jamoasi Misrga qarshi harakat qildi. Uchrashuvning 11-daqiqasida O‘zbekiston darvozasi oldida tushunarsiz holat yuzaga keldi. Avvaliga Nematov to‘pni qaytarib yubordi. Darvoza to‘siniga tegib qaytgan to‘pni himoyachilar uzoqlashtira olmadi. Hujumchi Ahmed Kokaga tepgan to‘p darvozaga yo‘l oldi. Birinchi bo‘limning oxirlarida Abbosbek Fayzullayevning urgan goli ofsayd sabab bekor qilindi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limi shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda Timur Kapadze Oston O‘runov o‘rniga Ruslanbek Jiyanovni tushirdi. Bo‘limni o‘zbekistonliklar hujumkor ruhda boshladi. 52-daqiqada Jasur Jaloliddinov jarima to‘pidan unumli foydalana olmadi.
55-daqiqada Eldor Shomurodov ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo himoyachi aniqroq harakat qildi. Shundan so‘ng ham O‘zbekiston termasi a’zolari to‘liq tarkib bilan hujumga o‘tdi. Afsuski, zarbalarning hech qaysisi darvozaga kirishni xohlamadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiyachilari birinchi turda Ispaniyaga (1:2) mag‘lub bo‘lgan edi.
C guruhi ikkinchi juftligida Ispaniya Dominikan Respublikasi darvozasiga 3 ta to‘p yo‘lladi. Raqiblarning 1 ta goli ularni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi. Shu tariqa Ispaniya 6 ochko bilan keyingi bosqich masalasini hal qildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”