Peddi Pimblett va King Grin
Angliyaning Manchester shahrida UFC 304 musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqaning asosiy jangi yarim o‘rta vazn toifasi vakillari Leon Edvards (22-4) hamda Bilol Muhammad (24-3) o‘rtasida kechdi.
Muhammad hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi va yarim o‘rta vaznda yangi chempionga aylandi.
Turnirning yana bir jangida Tom Aspinall (15-3) Kertis Bleydsni (18-5) birinchi raundda nokautga uchratdi.
Raqamli turnirning bonuslari ma’lum bo‘ldi.
Peddi Pimblett, Tom Aspinall va Mik Parkinlarlar oqshomning eng yaxshi chiqishi uchun 100 ming dollardan bonusga ega bo‘ldi. Avvalroq Dana Uayt UFC 304 da bonuslar ikki karra oshirilishi haqida aytib o‘tgandi.
UFC ning xabariga ko‘ra, Pimblett King Grin ustidan birinchi raundda g‘alaba qozongani uchun qo‘shimcha 100 mingga ega bo‘ladi. Britaniyalik jangchining umumiy gonorari 200 ming dollarni tashkil etadi.
UFC 304 turnirining natijalari:
- Peddi Pimblett (22-3) King Grinni (32-16-1) birinchi raundda bo‘g‘ish uslubi bilan mag‘lub etdi;
- Gregori Rodrigez (16-5) Kristian Leroy Dankanni (10-3) hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratdi;
- Arnold Allen (20-3) Giga Chikadze (15-4) ustidan hakamlar qarori evaziga g‘alaba qozondi;
- Muhammad Mokayev (13-0) Manela Kapeni (19-7) ochkolar hisobiga mag‘lub etdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi