Eldor Shomurodov va Oston O‘runovning terma jamoada o‘zini ko‘rsata olmaganini ko‘pchilik ta’kidladi. Chindan ham ular termamizning asosiy lideri bo‘lib, jamoani tortishi kerak edi. Biroq bunday bo‘lmadi. Sabablar haqida gapiradigan bo‘lsak, buni ikkita terma jamoaning o‘yin uslubidagi farq bilan solishtirishimiz mumkin:
Misol uchun, Temur Kapadze jamoasi ko‘proq to‘p nazoratini o‘z qo‘liga oladigan, maydon markazida kreativga urg‘u berib, raqib mudofaasini pozitsion hujumlar orqali yorib kirishga o‘rgangan jamoa hisoblanadi. Eldor Shomurodov va Oston O‘runov esa solo yurishlari bilan, bo‘sh zonalarga ochilishi bilan ajralib turadi. Ularning ustunligi aynan tezlik va bo‘sh zonalar.
Butun boshli mexanizmga aylanib ulgurgan jamoa turnir davomida o‘z uslubidan chekinib, Eldor va Ostonni to‘p bilan ta’minlashga qilgan harakatlari, mana shu futbolchilarning o‘zi ham o‘sha jamoaga moslashishga harakat qilmasdan, o‘zining ustun tomonlaridan foydalanishda qolganlarni "qurol"ga aylantirgani termaning o‘yinida buzilishlarga olib keldi. Hujum instrumentlari va kreativlar deyarli ishlamadi.
Bu yerda assimilyatsiya jarayoni sodir bo‘lishi kerak edi. Ya’ni pozitsion futbol hamda tezkorlik bir-biriga birikishi kerak edi. Biroq amalda dissimilyatsiya jarayoni sodir bo‘ldi. Ya’ni bir-biriga o‘xshamaydigan ikki xil qutb bir maydonda bo‘lib qoldi. Bu vaziyatda Eldor va Ostonning ham o‘yini chiqmaydi va Olimpiya terma jamoamizning o‘ylangan strategiyalari ham ish bermaydi.
Deylik, Lamin Yamal va Niko Uilyams o‘ta tezkor. Shu bilan birgalikda ular texnik tomonlama ham anchagina maqtovga sazovor. Ularning tezkorligi ma’lum epizodlarda, solo yurishlarda ish beradi. Texnik imkoniyatlari (yaxshi uzatmalar bera olishi, birga-bir holatda raqibni aldab o‘tishi) va jamaoviy o‘yinning ham hadisini olganligi ularni Ispaniya terma jamoasida yaqqol porlashiga sabab bo‘ldi va ular o‘z "skill"lari bilan "Qizil Furiya" o‘yinini buzib qo‘ymadi. Biroq mana shu tarkibda faqat yuguradigan, asosan tezkor qarshi hujumlarda yoki 4-5 ta pas bilan uyushtiriladigan tavakkal hujumlarda mahorati qo‘l keladigan Kolo-Muani yoki Barkola bo‘lganida, balki Ispaniya bu qadar yorqin o‘ynay olmagan bo‘lardi.
Katanes jamoasida 5 himoyachi, ikkita tayanch va 3 ta hujumkor futbolchi harakat qiladi. Tayanchdagi ikkita futbolchi ham odatda kreativga javob bermaydi. Asosan markazda balansni ushlaydi, raqib hujumlarini to‘xtatadi va ularga oldinga o‘tishga ruxsat kam. Mana shunday holatda Eldor va Oston tezligi orqali qarshi hujumlarga tez qochadi, pressing orqali raqib himoyachilarini shoshirib qo‘yadi, kurashuvchanligi bilan to‘pni yutib ketib, hujumda xavf tug‘diradi.
Kapadze jamaosi total futbol o‘ynaydi. 4 ta himoyachi, bitta tayanch va bitta sof yarim himoyachi, shuningdek, tarkibda toza hujumkor yarim himoyachi ham bor (Jasur Jaloliddinov). Uni Ispaniyadagi Olmo yoki Pedriga qiyoslasak bo‘ladi. O‘zbekiston OTJning uslubi uchrashuvni sokinlashtirib, ehtiyotkorlikka urg‘u berib, ma’lum epizodlarni poylash va o‘sha epizodlarda tarkibdagi "tulpor"larga ishonish emas. Ular futbol o‘ynaganida xavfliroq.
Biz Yevroda ko‘rgan Fransiya hujumdagilarning tezligiga tayanib o‘ynadi, hujum instrumentlari ishlamadi va bor ma’suliyat ularning hujumdagi mahoratiga topshirib qo‘yildi. Buning evaziga yarim himoya va himoya "betonlandi". Risksiz futbol. Yaxshi uslub.
"Parij-2024"da nima sodir bo‘ldi? Biz shunchaki, "Kolo-Muani" va "Barkola"ni "Ispaniya terma jamoasi"da ko‘rdik. Afsuski, tanlovlar ikki tomon uchun ham zararli bo‘ldi. Foydali bo‘lishini hammamiz kutgandik. Shunday bo‘lishi ham mumkin ham edi, chamamda.
Aliqulovning ta’siri esa bilinar-bilinmas, ya’ni mana shu pozitsiyada harakat qilib, o‘yin dinamikasiga katta ta’sir ko‘rsatmaydi.
Karim Xudayqulov
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
O‘zbekiston Respublikasining yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi
Pentagon AQSHning Isroil xavfsizligiga sodiqligini yana bir bor eslatdi