122
Zafarmurod Abdirahmatov: "Biz qo‘limizdan kelgancha harakat qildik, lekin to‘p darvozaga kirishni istamadi"
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchisi Zafarmurod Abdirahmatov Misrdan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘yin haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
- O‘yin haqida
- Birinchi navbatda halqimizdan kechagi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman. O‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsak, har doim ham bizning rejalar amalga oshavermadi. Biz qo‘limizdan kelgancha harakat qildik, lekin to‘p darvozaga kirmadi. Demak, nasib qilmagan ekan. Misr ham yaxshi himoyalandi va g‘alati urilgan gol o‘yin natijasini hal qildi.
- Birinchi o‘yinga qaraganda yomonroq o‘yin o‘tkazdik. Ikkinchi tur bahsida bizga nimalar yetishmadi deb o‘ylaysiz?
- Kechagi bahsda bizga faqatgina gol yetishmadi. Qolgan jihatlarda ustunlik bizda edi. Misr terma jamoasi Ispaniya farqli tarzda ko‘proq himoyaga va qarshi hujumga tayangan holda o‘ynadi.
- Misr terma jamoasi bizdan kuchliroq edimi?
- Misr olimpiya terma jamoasini kuchli demagan bo‘lardim. Chunki biz hech qaysi jihatda raqibga yutqazmadik, faqatgina hisobdagi ustunlik ular tomonda bo‘ldi.
- Uchrashuv yakunlanganidan so‘ng kiyinish xonasidagi holat qanday edi?
- O‘yindan keyin kayfiyat yaxshi emas edi. Bosh murabbiyimiz bundan ham yaxshiroq ishtirok etishga qodir ekanligimizni ta’kidlab o‘tdilar. Barcha mag‘lubiyat ta’sirida edi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerakligi ham muhokama qilindi. Muxlislarimizga rahmat aytaman. Ular bizni ajoyib tarzda qo‘llab quvvatlashdi. Keyingi musobaqalarda va Olimpiya o‘yinlarida yanada kuchliroq bo‘lib qaytamiz va yuqori o‘rinlar uchun kurashamiz.
Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»