O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasi o‘yinlaridagi ilk medalni qo‘lga kiritdi.
Dzyudo bo‘yicha bahslar finalida -52 vazn toifasi vakili Diyora Keldiyorova kosovolik Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqdi.
O‘zbekistonlik dzyudochi uchrashuvning ikkinchi daqiqasida ishlangan vazari hisobiga olgan 1 ochkosi bilan Yevropaning ikki karra chempioni ustidan g‘alabaga erishdi hamda O‘zbekiston hisobiga dastlabki medal – oltinni qo‘shib qo‘ydi.
Qayd etish kerakki, bu Diyora Keldiyorova faoliyati va O‘zbekiston tarixidagi eng muhim g‘alaba sanaladi. Shu vaqtgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilar Olimpiadalar finaliga chiqmagandi. Ayol sportchilardan faqatgina Yekaterina Hilko Pekin-2008da trampolindan sakrashda bronza medalini qo‘lga kiritgan va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi.
Diyora Keldiyorova esa O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi.
Bundan tashqari, u O‘zbekiston dzyudosi tarixida olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritgan ilk sportchi bo‘ldi.
26 yoshli o‘zbekistonlik dzyudochi bugungi bahslarda dastlab nimchorakfinaldayoq yaponiyalik amaldagi Olimpiada chempioni Ute Abening 5 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berib, uni turnirdan chiqarib yuborgani bilan shov-shuv ko‘targandi. Keyin esa chorakfinalda germaniyalik Masha Ballhausni mag‘lub etdi, final uchun bahsda esa mezbonlar vakili, Tokio Olimpiadasining oltin (jamoaviy) va kumush medali sohibi Amandin Busharni mag‘lubiyatga uchratdi.
Samarqand dzyudo maktabi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Diyora Keldiyorova faoliyati davomida jahon chempionatlarida ikki kumush va bir bronza qo‘lga kiritgan, ikki marta Osiyo chempioni va bir marta Osiyo o‘yinlari g‘olibi bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»