
Shavkat Mirziyoev Parijdagi Olimpiada oʻyinlarida 52 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan dzyudochi Diyora Keldiyorovani telefon orqali tabriklagandi. “Oʻzbekiston 24” telekanali efirida ushbu muloqotdan lavha e'lon qilindi.

Foto: Videodan kadr
“Chin qalbimdan, xalqimiz nomidan shunday jasoratli, matonatli, fidoyi qizim borligidan gʻururlanaman. Kamdan kam boʻladigan gʻalaba boʻldi, dunyo qoyil qoldi. Oʻzbekiston obroʻsini koʻtardingiz, rahmat qizim. Sizning gʻalabangiz oʻzbek ayoli, sevimli qizlarim nimaga qodirligini yana bir marta dunyoga namoyon etganingiz uchun minnatdorman”, dedi Shavkat Mirziyoev.
Davlat rahbari Diyora Keldiyorovani uydagilari bilan gaplashganda uning nomidan ota-onasiga katta rahmat aytib qoʻyishini tayinlandi.
Prezident Diyora Keldiyorova Yangi Oʻzbekistonda oltin harflar bilan tarixda qolganini ta'kidladi.
“Yangi Oʻzbekistonimizda oltin harflar bilan tarixda qoldingiz qizim. Men gʻururlandim. Mana shunday davom ettirish kerak. Bu hali katta-katta gʻalabalarning, shohsupalarning boshlanishi boʻlishi kerak. Tariximizdagi buyuk bobolarimizga, onalarimizga munosib boʻlib, jahonda nomimizni qoldirishga biz qoʻlimizdan kelgancha yordam beramiz, lekin mehnat, jasorat oʻzingizdan, qizim”, dedi prezident.
Shavkat Mirziyoev Olimpiada chempioni boʻlish Yangi Oʻzbekiston tarixida birinchi marta tarixiy voqea ekanini, shuning uchun juda katta gʻurur va iftixor ila Diyora Keldiyorova bilan faxrlanishini aytdi.
Diyora Keldiyorova ham davlat rahbariga minnatdorchilik bildirdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!