
Foto: Judo
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etadi. Bugun, 29 iyul kuni dzyudo bahslarining erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning dastlabki bosqich bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Dzyudochi Murodjon Yo‘ldoshev o‘zining dastlabki bahsini o‘tkazdi. U Qozog‘iston vakili Daniyar Shamshayevga qarshi bahs olib bordi va g‘alaba qozondi.
Endi u Jek Yonezuka (AQSH) va Adil Osmanov (Moldova) bahsining g‘olibi bilan bellashadi.
Murodjon Yo‘ldoshev 1995 yil 9 avgust kuni O‘zbekistonda tug‘ilgan. 2023 yil Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar