16:31 / 30.07.2024
248

Misrlik sportchi homilador holatda Olimpiadada qatnashganini ma’lum qildi

Misrlik sportchi homilador holatda Olimpiadada qatnashganini ma’lum qildi
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Qilichbozlik bo‘yicha musobaqada misrlik qilichboz yetti oylik homilasi bilan ishtirok etdi.

26 yoshli Nada Hafez Parijdagi qilichbozlik turnirida ishtirokini yakunladi. Bo‘lajak ona birinchi bahsda g‘alaba qozondi, ammo 1/8 final bosqichida mag‘lub bo‘ldi.

Agar sizga maydonda ikkita odam bordek tuyilgan bo‘lsa, yo‘q, aslida uchta odam bor edi! Bu—men, raqibim va hali tug‘ilmagan chaqaloq!

Bola ham, men ham jismoniy va ruhiy jihatdan ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Homiladorlikning o‘zi qiyin jarayon, ammo hayot va sport o‘rtasidagi muvozanatni saqlash unchalik qiyin emas. Bu shunga arziydi
”, deb yozdi sportchi ijtimoiy tarmoqda.

Ma’lumot uchun, Hafez koreyalik Chung Xayunga 7:15 hisobida yutqazdi.

Hafez uchinchi marta Olimpiya o‘yinlarida qatnashdi. U Rio—2016 da 36-o‘rinni, Tokio Olimpiadasida 29-o‘rinni egallagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Misrlik sportchi homilador holatda Olimpiadada qatnashganini ma’lum qildi