21:59 / 30.07.2024
925

SSKA legionerini O‘zbekiston chempionatiga jo‘natib yuborishini e’lon qildi

SSKA legionerini O‘zbekiston chempionatiga jo‘natib yuborishini e’lon qildi
O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari Rossiya Premer-ligasini alohida e’tibor bilan kuzatib bormoqda.

Yangi mavsumda bu musobaqada ishtirok etadigan legionerlarimiz soni bittaga ko‘paydi. SSKA yulduzi Abbosbek Fayzullayev, “Rubin” vakillari Umarali Rahmonaliyev va Rustambek Ashurmatov qatoriga iste’dodli yosh futbolchimiz Sherzod Esonov qo‘shildi.

Sherzod Esonov Rossiya Premer-ligasida ilk marotaba ishtirok etadigan yangi jamoa – “Akron” sharafini himoya qiladigan bo‘ldi.

SSKA klubi o‘zbek futboli bilan aloqalarini mustahkamlab bormoqda. O‘tgan yili o‘z safiga Abbosbek Fayzullayevni qo‘shib olgan “armiyachilar” mavsumoldi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida yana bir iste’dod egasi Rustambek Fominni malaka oshirishiga imkoniyat yaratib berdi.

Endi Moskva shahri grandi O‘zbekiston Superligasiga o‘z futbolchisini ijaraga jo‘natib, uning chempionatimizda uning tajribasini oshiradigan bo‘ldi.

SSKA o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida eronlik Amirhusayn Rivandini keyinchalik to‘liq transfer qilish huquqi bilan ijaraga olgan edi. “Armiyachilar” rahbariyatiga iste’dodli himoyachining harakatlari ma’qul keldi va klub uni 100 ming yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.

Moskvaliklar Rivandi bilan 2026 yilning yozigacha davom etadigan professional shartnoma imzoladi. 20 yoshli futbolchining asosiy tarkibga kirishi qiyinligini inobatga olgan SSKA mutasaddilari uni “Buxoro” klubiga ijaraga jo‘natdi.

Rivandining ijara shartnomasi 2024 yilning oxirigacha davom etadi va unga o‘yinchini sotib olish huquqi kiritilmagan. Hamkorlikdan maqsad eronlik himoyachini o‘yin amaliyoti bilan ta’minlashdir.

Amir klubimiz sport direksiyasi va murabbiylar shtabi vakillarida juda yaxshi taassurot qoldirdi. Shuning uchun ham iqtidorli futbolchi bilan shartnoma tuzishga qaror qilindi.

Biroq Amirning o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi va kelajakdagi o‘sishini ta’minlash uchun yil oxiriga qadar O‘zbekistonga ijaraga jo‘natadigan bo‘ldik.

Muhim jihati shuki, Rivandi qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini SSKAdagi jamoadoshlari bilan birga o‘tkazishi rejalashtirilgan
, - dedi SSKAning sport masalalari bo‘yicha direktori o‘rinbosari Yevgeniy Shevelev.

SSKAga oid yana bir ma’lumot. “Armiyachilar” tarkibga jamoa yetakchilaridan biri Abbosbek Fayzullayevning tezroq kelib qo‘shilishini kutmoqda. O‘zbekiston terma jamoasi Parij Olimpiadasiga ishtirokini erta yakunladi.

Rossiya matbuotining yozishicha, o‘zbekistonlik legioner 4 avgustga belgilangan “Orenburg” bilan bo‘ladigan uchinchi tur uchrashuvidan oldin SSKAga yetib kelishi rejalashtirgan. Murabbiylar shtabi Fayzullayevning jismoniy holatini o‘rganib chiqqanidan keyin uning o‘yinda ishtirok etishi borasida bir qarorga kelinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » SSKA legionerini O‘zbekiston chempionatiga jo‘natib yuborishini e’lon qildi