00:49 / 31.07.2024
20

Parij—2024. Hasanboy Do‘stmatov puerto-rikolik raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi

Parij—2024. Hasanboy Do‘stmatov puerto-rikolik raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-51 kg vazn toifasida harakat qiladigan Hasanboy Do‘stmatov turnirdagi ilk bahsini Puerto-Riko vakili Xuan Manuel Lopesga qarshi o‘tkazdi.

Birinchi raund Hasanboyning ustunligi bilan yakunlandi—5:0. Ikkinchi raundda ham Do‘stmatov yosh raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

Uchinchi raund ham o‘zbekistonlik bokschining ustunligida o‘tdi va Hasanboy 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Professor” nomi bilan mashhur bokschi Do‘stmatov chorak finalda, 2 avgust kuni qozog‘istonlik Saken Bibossinovga qarshi jang qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Hasanboy Do‘stmatov puerto-rikolik raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi