13:40 / 31.07.2024
188

Diyora Keldiyorova: “Qur’ada Abe bilan to‘g‘ri kelganimni hech qanday hayajonsiz qabul qildim”

Diyora Keldiyorova: “Qur’ada Abe bilan to‘g‘ri kelganimni hech qanday hayajonsiz qabul qildim”
Foto: Getty Images
Diyora Keldiyorova musobaqa boshida qur’a marosimidan keyingi taassurotlari haqida so‘zladi.
Jamoamizning ba’zi a’zolari qur’a natijasini o‘sha kuniyoq ko‘radi, boshqalar esa tatamiga chiqish oldidan bilib oladi. Men ham jang oldidan bildim. Yonimdagi tatamida kanadalik sportchi va Abe jang qilayotganini ko‘rdim. Shundan bildimki, mening raqibim Abe bo‘ladi”.

O‘zbek dzyudochisi yaponiyalik sportchi bilan jangga avvaldan tayyor bo‘lganini ta’kidladi.

Biz bu jangga ikki oy oldin, Abu Dabidagi Jahon chempionatidan keyin tayyor bo‘lgandik. Murabbiyim, har qanday holatda Abe bilan to‘g‘ri kelib qolishimni, shunga tayyor bo‘lib, uni yutish haqida o‘ylashimni aytdi.

Abe bilan to‘g‘ri kelganimni hech qanday qo‘rquvsiz qabul qildim. Uning jang qilish uslubini o‘rganganmiz va o‘z jangim taktikasi ustida ko‘proq ishladik. Aynan shu natija berganidan xursandman
”.

Foto: Getty Images
Keldiyorovaning musobaqada g‘olib bo‘lishiga asosiy sabablardan biri Yaponiyadagi mashg‘ulotlar bo‘lgan.

Ustozim 2 davlat: Ispaniya va Yaponiyadan birini tanlashim kerakligini aytdi. Men Yaponiyani tanladim. U yerda mashg‘ulotlar juda qiyin. Yaponlar sizni ayamaydi. Aynan o‘sha yerdagi mashg‘ulotlar mening qobiliyatlarimni oshirdi”.

Diyora g‘alabadan so‘ng birinchi kimga qo‘ng‘iroq qilgani haqida savolga ham javob berdi.

Birinchi bo‘lib turmush o‘rtog‘imga qo‘ng‘iroq qildim. Qur’ada Abe bilan tushganimda hech kim ishonmaganida, menga ishonib meni qo‘llab-quvvatlagani uchun u kishidan minnatdorman”, deydi Olimpiada oltin medali sohibi Diyora Keldiyorova.

Ma’lumot uchun, 28 iyul kuni dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images
Diyora o‘zbekistonlik dzyudochilar orasida birinchi bo‘lib Olimpiada g‘olibiga aylandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham Parij—2024 Olimpiadasi chempioni dzyudochi Diyora Keldiyorovani g‘alaba bilan tabrikladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyora Keldiyorova: “Qur’ada Abe bilan to‘g‘ri kelganimni hech qanday hayajonsiz qabul qildim”