82
O‘zbekiston delegatsiyasiga Futzal Jahon chempionati-2024 kubogini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi
FIFA doirasida Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkaziladigan turnir — FIFA Futzal Jahon chempionati-2024 musobaqasi yangi va muhim bosqichni qarshiladi.
Fransiyada joylashgan tashkilot ofisida mundialning kubogi mezbon mamlakat — O‘zbekistonga topshirildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.
Tadbirda FIFA Prezidenti Janni Infantino, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov ishtirok etdi.
10-bor tashkil etilayotgan mundialda jami yigirma to‘rtta jamoa ishtirok etadi. Afg‘oniston, Tojikiston, Yangi Zelandiya va Fransiya turnirda debyut qilsa, Portugaliya chempionlik unvonini himoya qilishga harakat qiladi. Turnir 2024 yilning 14 sentyabridan 6 oktyabriga qadar O‘zbekistonning uch shahri — Toshkent, Andijon va Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning qur’a tashlash marosimi 2024 yil 26 mayda YUNЕSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqandning Registon maydonida bo‘lib o‘tdi.
"Men Parijdagi ofisimizda rasmiy kubokni O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikromov va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovga topshirganimda muhim bir bosqichni bosib o‘tdik. Ushbu tarixiy musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishdagi ulkan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdim va omad tiladim. May oyida Samarqandda o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimi O‘zbekistondan nimalarni kutishimiz mumkinligini ko‘rsatib berdi. Men ushbu mamlakatdan ajoyib va go‘zal turnir mezbonligini kutmoqdaman", - dedi FIFA Prezidenti Janni Infantino.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegatsiyasi FIFA ofisida joylashgan muzey bilan ham tanishdilar. Muzeyda Ravshan Ermatovning hakamlik davridagi eksponat ham namoyish etildi.
"Parijda joylashgan ofisimizning muzeyiga sayohat qilish va futbolning buyuk tarixini ifodalovchi yodgorliklarni, shu jumladan Ravshan Ermatovning hakamlik davridan qolgan eksponatni ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi", - deya qayd etgan FIFA prezidenti Janni Infantino.
Manba: ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi