261
Shahnoza Mirziyoyeva va Diyora Keldiyorova bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshirmoqchi
Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva
Shahnoza Mirziyoyeva Diyora Keldiyorovaga Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshirishni taklif qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Fransiya poytaxti Parijda Olimpiada chempioni bo‘lgan dzyudochi qiz Diyora Keldiyorova bilan uchrashib, uni shaxsan tabrikladi.
Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva
“Yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi olamshumul g‘alabasi bilan Diyora Keldiyorovani o‘zim va oilam nomidan qutladim. Vatandoshlarimiz uni bejiz To‘marisga, Oybarchinga o‘xshatishayotgani yo‘q. Chunki u nafaqat mamlakatimiz, balki Markaziy Osiyo mintaqasida Olimpiada chempioni bo‘lgan ilk dzyudochi ayol sifatida sport tarixi sahifalaridan joy oldi”, deb yozdi u.
Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva
Shahnoza Mirziyoyevaning bildirishicha, Diyora Keldiyorovaga Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda oilalarda ayollarga nisbatan uchraydigan zo‘ravonlikka, jamiyatdagi gender haqsizlikka qarshi qaratilgan bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshirish, shu loyihalarning yuzi va ishtirokchisi bo‘lishni taklif qildi. Diyora uning taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva
“Siz bilan faxrlanamiz, Diyora!” deb yozgan Shahnoza Mirziyoyeva so‘zining so‘ngida.
Foto: Instagram / Shahnoza Mirziyoyeva
28 iyul kuni dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida Parij Olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Diyora o‘zbekistonlik dzyudochilar orasida birinchi bo‘lib Olimpiada g‘olibiga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi