262
Boksdagi mojaro: italiyalik bokschi testosteroni baland bo‘lgan raqibiga qarshi jang qilishdan bosh tortdi
Parij Olimpiadasining ayollar boksida mojaroli holatlar davom etmoqda.
Ayollar bokschining 1/8 finali doirasida yarim o‘rta vazn toifasi vakili italiyalik Anjela Karini jazoirlik Iman Halifga qarshi jangning 45-soniyasida to‘qnashuvni davom ettirishdan bosh tortdi.
Foto: Getty Images
U jang davomida raqibining kuchli zarbalarida dosh bera olmagan: Halif testosteron moddasi ko‘pligi sababli JCH—2023 dan chetlatilgan edi.
Barchasi qanday yuz berdi?
Karini jangning 40-soniyasidan so‘ng taym-aut olgan, u sodir bo‘layotgan voqeadan xursand emasligi yuz ifodasidan ma’lum edi. Bunga qadar italiyalik bokschi Iman Halifning bir nechta zarbasini o‘tkazib yuborgandi. Jang bir necha soniya davom etdi, shundan so‘ng Karini ortiq davom eta olmasligini ta’kidlagan. Hakamning sanog‘i boshlangach, italiyalik sportchining murabbiyi jang davom etmasligi haqidagi ishorani ko‘rsatdi.
Foto: Getty Images
La Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, Anjela “Juda og‘riqli, ortiq davom eta olmayman”, — degan so‘zlarni aytgan. Birinchi raundni oxirigacha yetkazib qo‘yish haqidagi gaplarga, Anjela rad javobini bergan.
Hakam Halifni g‘olib deya e’lon qilayotgan vaqtda esa Karini “Bu adolatsizlik! Adolatsizlik!” deya baqirgan. Shundan so‘ng u raqibining qo‘lini siqib qo‘yishni ham istamagan.
Nega Halif Olimpiadada ishtirok etmoqda?
Halifning Olimpiadadagi ishtiroki — juda uzoq hikoya. O‘tgan yili sportchi jahon chempionati oldidan testosteron moddasi ko‘pligi sababli diskvalifikatsiya qilingandi. Ko‘plab muhokamalar bo‘lishiga qaramasdan, Parij Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat berildi.
Gap shundaki, rossiyalik Umar Kremlyov boshchiligidagi Xalqaro boks federatsiyasi (IBA) 2023 yildan boshlab XOQ tarkibidan chiqarib yuborilgan — endi esa ularning qarorlari va XOQ pozitsiyasi farq qilmoqda.
30 iyul kuni XOQ matbuot kotibi Mark Adams Helifning, shuningdek, o‘tgan yilgi jahon chempionatidan chetlatilgan Lin Yun-Tinning (Tayvan) ishtiroki haqida gapirib o‘tgandi: “Bu sportchilar uzoq yillar davomida musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda, ular birdaniga paydo bo‘lib qolmadi. Ular Tokioda ham ishtirok etgan. Federatsiya faqat adolatli qoidalarni amalga oshirishi lozim. Va qiyin bo‘lsa ham muvozanatni topish kerak”.
Adams XOQ testosteron testini jinsni aniqlashning ideal usuli deb hisoblamasligini ta’kidlagan. Uning aytishicha, tashkilot bu ko‘rsatkichning o‘zi yetarli bo‘lgan o‘sha qadim zamonlarga qaytishni istamaydi.
Foto: Getty Images
“Jangdan oldin sodir bo‘lgan voqea menga hech qanday ta’sir ko‘rsatmadi. Men bu ish bilan shug‘ullanadigan odam emasman. Bokschi sifatida qilishim kerak bo‘lgan ishni bajarish uchun ringga ko‘tarildim.
Bahs va munozaralarga qaramasdan, jang qilishim kerak edi. Bu mening Olimpiadam, g‘alaba qozonishni istagandim.
Burnimdan ikkinchi marta zarba yeganimda, nafas olishim qiyinlashdi. Murabbiyim yoniga borib, ortiq davom etmasligimni bildirdim”, — deydi Anjela. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”