date
views 511

Garsiya Kroufordning g‘alabasini boksdagi o‘g‘irlik deb atadi: «Sening janglaring – boksdan pul o‘marishdir»

Garsiya Kroufordning g‘alabasini boksdagi o‘g‘irlik deb atadi: «Sening janglaring – boksdan pul o‘marishdir»
Amerikalik yarim o‘rta vazndagi professional bokschi Rayan Garsiya Terens Krouford va Isroil Madrimov jangidan keyin amerikalik bokschining hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alabasini boksdagi o‘g‘irlik deb aytdi.

«Durang yoki o‘g‘irlik. Jin ursin seni, Krouford. Sening janglaring – bu boksdan pul o‘marishdir. Sen sportga hech narsa bermaysan», – deya yozdi jangdan keyin ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida sobiq jahon chempioni Rayan Garsiya.

Eslatib o‘tamiz, Krouford 12 raund kechgan jangdan keyin hakamlarning qaroriga ko‘ra, g‘olib deb topilib, WBA kamariga ega chiqdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Garsiya Kroufordning g‘alabasini boksdagi o‘g‘irlik deb atadi: «Sening janglaring – boksdan pul o‘marishdir»