SSKA tarkibida uch karra Rossiya chempioni bo‘lgan taniqli futbolchi Alan Dzagoyev hozir “armiyachilar” klubida seleksioner bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu mutaxassisning asosiy vazifasi klubga iqtidorli yosh o‘yinchilarni topib kelishdan iborat.
Alan Dzagoyev “Sport Ekspress” nashriga bergan intervyusida o‘zbek futboli tarbiyalanuvchilari, xususan, moskvaliklar safida ikkinchi mavsumini muvaffaqiyatli boshlagan Abbosbek Fayzullayev haqida o‘z fikr-mulohazalarini ham bildirdi.
— SSKA seleksionerlari asosan qaysi mamlakatlar futbol bozorini kuzatib keladi? Qaysi mintaqalar kuzatuvda?
— Hamma joyni kuzatamiz. Urugvaydan tortib, Braziliyagacha, Chilidan to Meksikagacha. Masalan, o‘zim oxirgi marotaba Misrga borib, u yerdagi futbolchilarni kuzatdim, o‘rgandim. Marokashlik charm to‘p ustalariga e’tibor qaratdik. Juda iqtidorli eronliklar bor. Umuman olganda, har bir mintaqadan juda iste’dodli yigitlarni topish mumkin.
Hozir o‘zbeklarda juda yaxshi avlod yetishib chiqmoqda. May oyida ular 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogining finalida Yaponiyaga qarshi o‘ynadi. O‘sha uchrashuvni tomosha qildim. Umuman olganda, 2-3 nafar o‘zbek futbolchilarining o‘yini yoqdi.
— Sen o‘yinchini baholashda faqat uning o‘yiniga e’tibor qaratasanmi yoki boshqa qator jihatlarni ham inobatga olasanmi?
— Ba’zan bir futbolchini kuzatasan, u haqida xulosa tayyorlaysan, lekin boshqa o‘yinchilar, hatto raqib vakili e’tiboringni tortadi. Men faqat professional sifatlariga qarayman.
Agar o‘yinchi yoqib qolsa, keyin u bilan qanday kelishish mumkinligi haqida bosh qotiramiz. Har holda, hozir Yevropaning kuchli chempionatlaridan Rossiyaga futbolchi olib kelish juda katta muammo. Lekin afrikaliklar bilan hech qanday qiyinchilik bo‘lmaydi.
— Sen o‘zbeklar haqida gapirding. Kelasi yozda Abbosbek Fayzullayev Yevropaning top-klublaridan biriga o‘tib ketsa, hayron bo‘lmaysanmi?
— Yo‘q, hayron bo‘lmayman.
— Qay darajadagi klubga o‘tishi mumkin?
— Har holda “Barselona” bo‘lmasa ham Ispaniya chempionatida beshinchi, oltinchi o‘rinda yuradigan jamoalarda o‘ynay oladi.
— “Real Sosedad”ga o‘xshaganmi?
— Masalan shunday. Agar Abbos hozirgi darajasida o‘ynashda davom etsa, bir-ikki yildan keyin uni SSKAda ko‘rmaymiz.
Eslatib o‘tamiz, “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Abbosbek Fayzullayev o‘tgan yilning avgust oyida 500 ming yevro evaziga SSKAga ko‘chib o‘tgan edi. SSKA tarkibida Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi, O‘zbekistonning turli terma jamoalari safida nufuzli xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli o‘yini orqali nom qozongan 20 yoshli futbolchimiz Yevropaning kuchli ligalarida o‘ynash salohiyatiga ega ekani aytilmoqda.
Abbosbek Fayzullayevning transfer summasi bir necha baravar ko‘tarilib, bugungi kunda olti million yevroni tashkil qilmoqda. Hamyurtimiz ayni paytda Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”