
Saul "Kanelo" Alvaresning fikricha, Terens Krouford yaqinda o‘tkazilgan hamyurtimiz Isroil Madrimovga qarshi jangida g‘alabaga loyiq emasdi. "Kanelo" yaqinda bergan intervyusida shu haqida gapirib o‘tdi.
"Terens yaxshi jang qiladi, lekin menimcha, u mazkur bahsda yutqazib qo‘ydi. Hakamlarning qaroriga tushunmadim. Bu to‘qnashuv hech bo‘lmaganda, durang bilan yakunlansa, adolatli bo‘lardi" – dedi Alvares.
Ma’lumot uchun, hozirda "Kanelo"(61-2-2, 39 KO) bor e’tiborini navbatdagi jangiga qaratgan. U 14 sentabr kuni Edgar Berlan(22-0, 17 KO)ga qarshi jang qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar