O‘zbekiston kubogi 1/4 final bahsidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng (2:3) mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida
- O‘yindan ko‘proq narsa kutgan edim. "Navbahor" ko‘proq vaziyat yaratgandek. Raqibni g‘alaba bilan tabriklayman.
- Jamoa ikkinchi davraga qanday tayyorgarlik ko‘rdi? Yig‘inlardan ko‘nglingiz to‘ldimi? Jamoa ayrim bir sabablarga ko‘ra Turkiyada o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yig‘inni bekor qildi. Bunga nima sabab bo‘ldi?
- Yig‘inlarni yaxshi o‘tkazdik. Oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yganmiz. Bugun kubokdagi ishtirokimizni yakunladik, ammo hammasi hali oldinda. Kelajak haqida o‘ylashimiz kerak.
- Jamoangiz transferlar oynasida ikkita futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi. Reja qilgan trasnferlaringizni amalga oshira oldingizmi?
- Ha. Transferlardan ko‘nglim to‘ldi. Biz ko‘p futbolchilar bilan shartnoma imzolashni istamadik. Sababi tarkibdagi futbolchilar nimaga qodir ekanligini isbotlab bo‘lishdi. Men ularga to‘liq ishonaman.
- Ikkinchi davra start oldi. Keyingi raqiblar va uchrashuvlar haqida fikr bildirib o‘tsangiz?
- Bizda taqvim bor va ushbu taqvim bo‘yicha ishlashda davom etamiz. O‘ylaymanki, taqvim boshqa o‘zgarmaydi. Ertaga keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. Men ushbu yigitlarga ishonaman. Bugun yutqazdik to‘g‘ri, lekin hech narsa yo‘qotganimiz yo‘q. Mavsumni muvaffaqiyatli tugatishni reja qilganmiz.
- Jamoalar tanaffusdan keyingi dastlabki uchrashuvini o‘tkazishmoqda. Bugun jamoangizda jismoniy muammolar kuzatildimi? Futbolchilar deyarli 130 daqiqa futbol o‘ynashdi. Jamoangizning jismoniy holatidan qoniqdingizmi?
- 120 daqiqa kurashish ikki jamoa uchun ham oson bo‘lmadi. Jamoam 120 daqiqa o‘ynay olishini isbotladi. Bir oylik tanaffusdan keyin yana maydonga qaytish oson ish emas. Jamoam ruhiy va jismoniy taraflama ham tayyor deb o‘ylayman. O‘z o‘yinimizni yanada chuqurroq tahlil qilib chiqishimiz kerak. Jarohat va diskvalifikatsiya tufayli ayrim bir futbolchilarsiz ishtirok etmoqdamiz. Birinchi davrada ham ko‘p yo‘qotishlarga uchradik, lekin shunga qaramay natijaga erisha oldik. Bugungi o‘yin tarixga aylandi. Keyingi bahs haqida o‘ylashimiz kerak. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”