14:57 / 08.08.2024
315

Aleksandr Xijnyak finalda qozog‘istonlik Nurbek Oralbayni mag‘lub etdi

Aleksandr Xijnyak finalda qozog‘istonlik Nurbek Oralbayni mag‘lub etdi
Foto: REUTERS/Peter Cziborra
Ukrainalik bokschi Aleksandr Xijnyak Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi. 29 yoshli sportchi 7 avgust, chorshanba kuni 80 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida erkaklar o‘rtasidagi final bahsida ushbu vazn toifasida amaldagi jahon chempioni bo‘lgan qozog‘istonlik Nurbek Oralbay ustidan g‘alaba qozondi.

1/8 finalda ukrainalik bokschi vengriyalik Filipp Oqilovni, chorak finalda braziliyalik Uanderli Pereyrani mag‘lub etdi. Yarim finalda Xijnyak ikki karra Olimpiada chempioni kubalik Arlen Lopes bilan jangda muvaffaqiyat qozondi.

Bu Xijnyakning ikkinchi Olimpiya medalidir. Tokiodagi so‘nggi o‘yinlarda u braziliyalik Ebertu Konseysaoga 3-raundda texnik nokaut bilan yutqazib, kumush medalni qo‘lga kiritgandi.

Ukraina medallar reytingida 17-o‘rinni egallab turibdi

7 avgust holatiga ko‘ra, Ukraina Olimpiadaning medallar jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi. Xijnyakdan tashqari Parijda oltin medalni qilichbozlik bo‘yicha jamoaviy turnirda ayollar jamoasi va balandlikka sakrashda yengil atletikachi Yaroslava Maguchix qo‘lga kiritdi. Ukrainalik sportchilar uchta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medaliga ega.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Xijnyak finalda qozog‘istonlik Nurbek Oralbayni mag‘lub etdi