119
Prezident Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Lazizbek Mullajonov bilan telefon orqali suhbatlashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport delegatsiyasiga navbatdagi 2 ta oltin medalni keltirgan va ularning soni bo‘yicha rekord ko‘rsatkichga erishilishiga hissa qo‘shgan sportchilarimiz - bokschilar Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev va Lazizbek Mullajonov bilan telefon orqali suhbatlashdi.
“Boks bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda tengsiz ekanini yana bir karra isbotlaganingiz uchun minnatdorlik bildirib, tabriklamoqchiman. Xalqimizning chinakam qahramonlari bo‘ldingiz. Yangi O‘zbekistonning yangi yoshlariga juda katta o‘rnak, namuna bo‘layapsizlar. Yurtimiz o‘g‘lonlari nimalarga qodir ekanliklarini butun dunyo hamjamiyati ko‘rib turdi va men sizlardan g‘ururlanaman”, - dedi davlat rahbari.
Yigitlarning kechagi g‘alabalari xalqimizga juda katta mamnuniyat bag‘ishlagani ta’kidlandi. Prezident yuqori natijalarga erishayotgan olimpiyachilarimizga, butun terma jamoamizga o‘zining qizg‘in salomini yetkazishni so‘radi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Chempionlar ham Prezident va xalqimiz ishonchini oqlaganidan mamnunligini bildirib, shunday g‘alabalarga erishish imkonini bergan e’tibor va keng sharoitlar uchun davlatimiz rahbariga tashakkur izhor qildi. Bundan buyon ham Vatan bayrog‘ini baland ko‘tarishda davom etishga va’da berdi.
Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Lazizbek Mullajonov, Shavkat Mirziyoyev, Olimpiada chempioni “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Shartnoma bo‘yicha harbiylar 65 yoshga to‘lmaguncha Rossiya armiyasidan bo‘shatilmaydi
G‘azoda 2023 yil oktyabr oyidan buyon 17 mingdan ortiq bola halok bo‘lgan...
Toshkent viloyatida salkam 7 kilo og‘irlikdagi chaqaloq tug‘ildi