21:29 / 10.08.2024
64

Superliga. "Neftchi" o‘z maydonida "Dinamo"ni mag‘lub etdi

Superliga. "Neftchi" o‘z maydonida "Dinamo"ni mag‘lub etdi
Superliganing 15-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Dinamo" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida G‘ulom-Haydar Hulomov qizil kartochka oldi va farg‘onaliklar bir kishi kam bo‘lib qoldi. 27-daqikada Manuchexr Safarov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib Joel Kojo hisobni tenglashtirdi.

62-daqiqada Shohruz Norxonov "yo‘lbarslar"ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Bilolxon Toshmirzayev 90+5-daqiqada penaltidan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Muhammadali Tursunov ikkinchi sariqdan keyin qizil kartochkalar bo‘yicha muvozanatni tikladi. 90+8-daqiqada esa Hislat Halilov farqni qisqartirdi, biroq bu samarqandliklarni mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

Shu tariqa, Levchenko shogirdlari qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.

"Neftchi" - "Dinamo" 3:2
Gollar
: Manuchehr Safarov (Abbos G‘ulomov) 27, 1:0, Joel Kojo 32, 1:1, Shohruz Norxonov (Quvondiq Ro‘ziyev ) 61, 2:1, Bilolxon Toshmirzayev (penalti) 90+3, Hislat Halilov 90+7, 3:2

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 2.Zoir Jo‘raboyev, 4.Boyan Siger, 20.Anvar G‘ofurov, 70.Abbos G‘ulomov, 55.Manuchehr Safarov, 30.Quvondiq Ro‘ziyev, 24.G‘ulomhaydar G‘ulomov, 11.Javohir Qahramonov (8.Sardor Abduraimov,89), 10.Shohruz Norxonov (99.Effiong Nsungusi, 64) 22.Aziz Amonov (77.Bilolxon Toshmirzayev, 73)
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 3.Jaloliddin Jumaboyev, 14.Xurshid Muxtorov, 21.Muhsin Ubaydullayev, 66.Doniyor Valiyev, 28.Bexruz Ablakulov.

"Dinamo": 13.Ravshan Yagudin, 3.Ulug‘bek Abdullayev ( 22.Sanjar Shoahmedov, 32), 4.Muhammadali Tursunov, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Fransis Narx ( 77.Vohidjon Oqbo‘tayev, 68) 10.Joel Kojo, 17.Salim Mustafoyev (30.Abubakir Mo‘ydinov,60), 20.Jurani Frasisko Fereyra, 21.Anvarjon Xojimirzayev, 44.Dushan Miyich, 70.Maykon Da Silva (9.Xumoyunmirzo Iminov, 46) ( 8.Hislat Halilov, 68).
Zaxira: 1.Farhod Rahmatov,11.Markos De Oliveyra, 14.Bahodir Nasimov, 18.Dilshod Rahmatullayev.

Ogohlantirish: Duglas Maykon ("Dinamo"), Muhammadali Tursunov ("Dinamo") 90+3
Chetlatish: G‘ulom Haydar G‘ulomov ("Dinamo") 16, Muhammadali Tursunov ("Dinamo") 90+3

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Neftchi" o‘z maydonida "Dinamo"ni mag‘lub etdi