date
views 297

Parij—2024. Erkin kurashchi Razambek Jamalov — oltin medal sohibi

Parij—2024. Erkin kurashchi Razambek Jamalov — oltin medal sohibi
Foto: MOQ
Parij Olimpiadasida erkin kurash bo‘yicha bahslar davom etmoqda.

Uzoq yillik tanaffusdan keyin o‘zbekistonlik erkin kurashchilar yana Olimpiya o‘yinlarining finalida ishtirok etdi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etgan terma jamoamiz a’zosi Razambek Jamalov oltin medal uchun bahsda yaponiyalik Daichi Takataga qarshi gilamga chiqdi. Yakunda Razambek Jamalov g‘alaba qozonib, delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar hozircha 6 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronzaga yetdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij—2024. Erkin kurashchi Razambek Jamalov — oltin medal sohibi