07:30 / 11.08.2024
660

Parij-2024. Adolatsizlik! Osipovadan oltinni o‘g‘irlashdimi?

Parij-2024. Adolatsizlik! Osipovadan oltinni o‘g‘irlashdimi?
Tayekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Svetlana Osipova ushbu sport turida Olimpiya o‘yinlarida medal qo‘lga kiritgan birinchi ayol sportchimizga aylandi. Hamyurtimiz shiddatli va murosasiz ruhda o‘tgan final bahsida mezbonlar vakili, sobiq jahon chempioni va Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi Alteya Lorenga imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Biroq ushbu chempionlik to‘liq haqqoniy, deya olmaymiz.

Gap shundaki, ikkinchi raund tugashiga ikki soniya qolganda Osipova boshga zarba yo‘llab, uch ochkoga munosib ko‘rildi, ammo fransuz ham sportchimizning bosh qismiga zarba yo‘lladi. Faqat vaqt tugagan paytda. Ushbu zarba "chellenj" yordamida ko‘rib chiqilib, mezbon sportchiga ochko berildi. Shunday bo‘lsa-da, hakamlar vaqtga ahamiyat berishmadi yoki buni xohlashmadi...

Aslida, mazkur vaziyatda murabbiyimiz Pavel Xan "chellenj" olishi kerak edi. Shunda 3-raund bo‘lar edi va Osipova oltin uchun kurashni davom ettirardi.

Zarba berilmasidan avval vaqt tugagan edi:

Zarba berish uchun ham nechadir millisoniyalar ketadi, ammo u zarba berishidan avvaloq vaqt tugab bo‘lgandi. Juda qo‘pol xato.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Parij-2024. Adolatsizlik! Osipovadan oltinni o‘g‘irlashdimi?