10:02 / 11.08.2024
95

To‘lqin Qilichev yurak xurujiga uchradi: Ikki-uch daqiqa o‘ziga kelmagan

To‘lqin Qilichev yurak xurujiga uchradi: Ikki-uch daqiqa o‘ziga kelmagan
Foto: Getty Images
O‘zbekiston boks jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Parijdagi “Rolan Garros” arenasida Hasanboy Do‘smatovning Olimpiada chempionligini nishonlash vaqtida yurak xurujiga uchradi.

8 avgust kuni bo‘lib o‘tgan Rolan Garrosda GB jamoasining tibbiy yordam ko‘rsatish shtabining ikki nafar a’zosi boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning hayotini saqlab qoldi, deb xabar berdi Guardians.

Qilichev kiyim almashtirish zonasida Hasanboy Do‘stmatovning oltin medalni qo‘lga kiritganini nishonlayotgan paytda yurak xurujiga uchragan.

Avvaliga birinchi yordam ko‘rsatilgan, ammo 2-3 daqiqada ham murabbiy o‘ziga kelmagan.

Foto: Google Images
Shu payt Buyuk Britaniya jamoasining shifokori Harj Singh va fiziolog Robbi Lillis favqulodda vaziyatda tezkorlik bilan harakat qilgan. Singh Qilichevga yurak massajini boshladi, Lillis esa defibrilatordan foydalanib murabbiyga yordam bergan.

O‘zbekiston murabbiylar jamoasi mashg‘ulot xonasida bayram qilayotgan edi, keyin esa o‘sha hududdan umuman bayram bo‘layotganga o‘xshamagan ovozlar keldi. Ular doktor chaqirayotgan edi. Harj birinchi bo‘lib yugurdi va men o‘zimiz bilan olib yuradigan favqulodda travma sumkasi bilan ergashdim. Men Harjdan 30 soniya o‘tgach kelganimda, u allaqachon murabbiyda yurak massajini bajarishni boshlagan edi. Defibilyator bilan unga yordam berdim”, deydi Lillis.

Keyinroq Qilichev kasalxonaga yotqizilgan va muolajalardan so‘ng uning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

Men kimningdir omon qolishida hissa qo‘shganimdan minnatdorman”, dedi Lillis.

Bahodir Jalolov shifokorlarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

U mening shaxsiy murabbiyim. U ajoyib murabbiy. Hozir uning ahvoli yaxshi. Angliyadan kelgan shifokorlarga rahmat, chunki boshqa shifokorlar kelguniga qadar birinchi bo‘lib inglizlar yordam berdi. U biz bilan doimo aloqada. Ertaga hammamiz birga kasalxonaga boramiz”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston boks terma jamoasi 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » To‘lqin Qilichev yurak xurujiga uchradi: Ikki-uch daqiqa o‘ziga kelmagan