497
O‘zbeklar “bo‘ri”day ishlaydi! Rashitovning g‘alabasiga xorijdan yana qanday munosabat bo‘lyapti?
Parij Olimpiadasi o‘zbekistonlik taekvondo ustalari uchun ham muvaffaqiyatli bo‘ldi. Erkaklar va xotin-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda bittadan vakilimiz finalda ishtirok etdi.
68 kilogrammgacha vazn toifasida bellashgan Ulug‘bek Rashitov saralash uchrashuvlarida gonkonglik Vay Fong Lo, xitoylik Lushuay Liang, ispaniyalik Xaver Peres Poloni yengib, finalga chiqdi.
Hal qiluvchi bahsda Ulug‘bek Rashitov iordaniyalik Zoid Karimni mag‘lubiyatga uchratib, ikki karra olimpiya chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasida 67 kilogrammgacha bo‘lgan bahslarda Svetlana Osipova ivuarlik Astan Katerina Batli, britaniyalik Rebekka MakGovan, koreyalik Dabin Lidan ustun kelib, finalda ishtirok etdi.
Hamyurtimiz so‘nggi jangda mezbonlar vakilasi Alteya Loringa imkoniyatni boy berdi.
Parijdagi taekvondo musobaqalaridan bittadan oltin va kumush medalga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘rindan joy oldi.
Taekvondochilarimizning g‘alabasiga Qozog‘iston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Bauirjon Amanqulov munosabat bildirdi.
- O‘zbekistonning taekvondodagi muvaffaqiyatlarini qanday izohlash mumkin? Ularda sifatli murabbiylar tarkibi shakllantirilgan. Bizning sport turimizni ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar natijasida jangchilarning kuchli avlodi yetishib chiqyapti.
Birinchidan, ularda istiqbolli sportchilarni tanlab olish imkoniyati bor. Ikkinchidan, o‘sha bolalar misli ko‘rilmagan darajada mehnatkash. Ular “bo‘ri”day ishlaydi!
Ulug‘bek Rashitovning Tokio Olimpiadasiga yirik g‘alabasi ham o‘z ta’sirini o‘tkazgani bor gap. O‘sha g‘alabadan keyin juda ko‘p yosh bolalar taekvondo seksiyalariga yozila boshladi, ommaviylik oshib bordi. Natijada hozir O‘zbekistonda juda ko‘p odamlar taekvondo bilan shug‘ullanmoqda. Ularda katta o‘sish ketyapti, - dedi Bauirjon Amanqulov.
Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Rashitovning Parij Olimpiadasiga g‘alabasi o‘zbekistonlik taekvondochilar uchun rekord hisoblanadi.
Aslida Ulug‘bek Tokioda o‘tgan avvalgi Olimpiadada O‘zbekiston uchun tarixiy birinchi oltin medalni keltirgan edi. O‘shanda yosh sportchi uchun bu katta natija bo‘lgandi.
Oradan uch yil o‘tib, iste’dodli sportchimiz mahoratini oshib borayotganini ko‘rsatdi. 22 yoshli taekvondochimiz ikkinchi bor shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Rashitovning yoshini inobatga olsak, keyingi Olimpiadalarda ham ishtirok etish imkoni bor. Bundan tashqari, Ulug‘bek taekvondo bo‘yicha jahon chempionati sovrindori va Butunjahon armiya o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi.
Olimpiadada ilk bor porlagan 24 yoshli Svetlana Osipova ham aslida tajribali sportchi hisoblanadi. U faoliyati davomida jahon chempionatining oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Osipova Islom birdamligi o‘yinlari va Butunjahon armiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan. Qator mintaqaviy musobaqalarda shohsupaga ko‘tarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi