Diyora Keldiyorova: "Yaponiyada kurashishni istashmagan, lekin hozir..."

Diyora Keldiyorova: "Yaponiyada kurashishni istashmagan, lekin hozir..."
Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadadan oltin medal bilan qaytgan dyuzdochimiz Diyora Keldiyorova "Dangal"ning navbatdagi sonida mehmon bo‘ldi. Sportchimiz Olimpiadadan oldin Yaponiyada tayyorgarlik ko‘rgani va u yerda sodir bo‘lgan qiziq voqealardan birini aytib berdi.

"Sportda sizning natijangizga qarab muomala qilishlari bor narsa. Yaponiyada O‘zbekistondan kelishdi, deganda, biz bilan kurashishni istashmagan. Bir-ikki marta ularni yiqitganimizdan keyin o‘zlari oldimizga kelishni boshlashdi. Yaponlar yutqizishni yomon ko‘radigan xalq. Hozir esa bizni ko‘rsa, salomlashadi, borsak, xursand bo‘lib kutib olishadi".

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar