12:30 / 16.08.2024
197

Fayzullayev SSKAdan ketgan futbolchini qo‘llab-quvvatladi!

Fayzullayev SSKAdan ketgan futbolchini qo‘llab-quvvatladi!
Abbosbek Fayzullayev o‘ynayotgan SSKA klubi Rossiya Premer-ligasi qatori mamlakat kubogida ham bosh sovrin uchun kurashmoqda.

Moskvalik “armiyachilar” guruh bosqichining ikkinchi turida “Nijniy Novgorod” bilan asosiy vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynab, penaltilar seriyasida 4:2 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan keyin Abbosbek Fayzullayev yangi bosh murabbiy – serbiyalik Marko Nikolich boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan ishlash haqidagi savollarga javob berdi.

— O‘yin og‘ir bo‘ldi, lekin muhitga gap yo‘q. Bunaqa muhitda, butun stadion qo‘llab-quvvatlab turganida o‘ynash ayniqsa yoqimli. Birinchi bo‘limda gol o‘tkazib yuborganimiz va raqiblar asosiy e’tiborni himoyaga qaratgani uchun ham o‘yin ancha og‘ir kechdi. Raqib jarima maydonchasi atrofida bo‘sh joy topish ancha qiyin bo‘ldi.

— SSKAning istiqboli qanday? Kubok musobaqasiga qanday vazifa qo‘yilgan?
— Har doim vazifamiz bitta – har bir uchrashuvda g‘olib chiqish.

— Sovrin olish bo‘yicha maqsad bormi?
— Albatta.

— Marko Nikolich bilan ishlashni qanday baholaymiz? O‘ziga xosligi nimada?
— Men mavsumga tayyorgarlikning katta qismini o‘tkazib yubordim va jamoaga endi kelib qo‘shildim. Faqat yaxshi gaplarni aytishim mumkin. Yangi murabbiylar shtabi har bir futbolchi bilan suhbatlashyapti, mashg‘ulot jarayoni menga yoqyapti. Maqsadimizga yetamiz, deb o‘ylayman.

Shuningdek, Abbosbek Fayzullayev tarkibdagi o‘zgarishlar, xususan, jamoaning asosiy hujumchisi Fyodor Chalovning Gretsiyaning PAOK jamoasiga o‘tib ketgani haqidagi savollarga javob berib, bu masalada o‘z pozitsiyasini bildirdi.

— Mavsum boshida uchta qiyin safar uchrashuvi bo‘ldi. Bu jamoaga ta’sir qildimi?
— Albatta, Krasnodar va Rostovga uch marta borib kelish bu ancha og‘ir. Tiklanish ham qiyin bo‘ladi. Bularning bari ortda qoldi. Bu yog‘iga yaxshiroq bo‘ladi.

— Fyodor Chalovning ketganiga shaxsiy munosabatingiz qanday? Muxlislar uchun bu katta yo‘qotish, jamoagachi?
— Bu biz uchun ham katta yo‘qotish. U o‘zi gol urib, yaxshi pas ham beradigan asosiy hujumchimiz edi. Unga omad va barcha yaxshi tilaklarni tilayman.

— Endi asosiy hujumchilaring asli himoyachi bo‘lgan Diveyevmi?
— Bizda gol ura oladigan boshqa hujumchilar ham bor. Ko‘proq gol urishimizga umid qilaman.

— PAOK tanloviga qanday qaraysiz? Ko‘pchilik bu jamoani Chalov darajasiga mos emas, deyapti...
— Har bir kishi qayerga borishni faqat o‘zi hal qiladi, men bu borada uni qo‘llab-quvvatlayman. O‘zimdan kelib chiqib unga faqat “Omad!”, deyman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayev SSKAdan ketgan futbolchini qo‘llab-quvvatladi!