date
views 107

Turki al ash-Sheyx Naoya Inoue bilan ishlamoqchiligini ma’lum qildi

Turki al ash-Sheyx Naoya Inoue bilan ishlamoqchiligini ma’lum qildi
Turki al ash-Sheyx yaponiyalik bokschi Naoya Inoue bilan ishlashni xohlayotganini ma’lum qildi.

Menga shu yigit kerak, Inoue bilan ishlamoqchiman. Uni butun dunyo ko‘rishi kerak deb hisoblayman. Chunki uni faqat Yaponiyada tanishadi — tashqarida uning muxlislari kamroq.

Agar Yaponiya chegarasidan tashqarida jang qilishni boshlasa, katta yulduz bo‘ladi deb o‘ylayman
”, — deb aytib o‘tdi Saudiya Arabistonida ko‘ngilochar ishlar bo‘yicha bosh boshqarmasi raisi ash-Sheyx.

Inoue mutlaq chempionga aylanganidan so‘ng ilk bor may oyida Marlon Tapalesga qarshi ringga ko‘tarilib, kamarlarini himoya qilgan edi. Jang 6-raundda yaponiyalik bokschining nokaut evaziga g‘alabasi bilan yakunlangandi.

Eslatib o‘tamiz, Naoya Inoue o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevga qarshi ham jang qilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turki al ash-Sheyx Naoya Inoue bilan ishlamoqchiligini ma’lum qildi