
Turkiya Superligasi 2-tur doirasidagi "Adana Demirspor" — "Rizespor" o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Birinchi turdagi o‘yinda gol urgan mehmonlarning o‘zbekistonlik himoyachisi Husniddin Aliqulov o‘yinni doimgidek asosiy tarkibda boshladi va to‘liq harakat qildi.
Qayd etish kerakki, hamyurtimiz jamoasining ilk goliga mualliflik qildi. Shunday qilib Aliqulov 2-turda ham gol urgan holda chempionatning to‘purarlar jadvalida birinchi o‘rinda ketmoqda.
"Adana Demirspor" — "Rizespor" 1:2
Gollar: Yusuf Barasi (90+7, penalti) — Husniddin Aliqulov (41), Ali Sove (74).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar