00:32 / 19.08.2024
131

Fevzi Davletov: "G‘alabaga bo‘lgan ishonch bizga natija keltirdi"

Fevzi Davletov: "G‘alabaga bo‘lgan ishonch bizga natija keltirdi"
Superliganing 16-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Surxon" (2:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Og‘ir o‘yin bo‘ldi. Maydonning holati ham unchalik yaxshi emasdi. Og‘ir o‘tgan o‘yinda g‘alabaga erishdik. Maydon chimi yaxshi bo‘lmasa-da, tribunalardagi muhit ajoyib edi. Haqiqiy futbol oqshomi.

Birinchi bo‘limning dastlabki daqiqalarida maydonga moslashish bo‘yicha qiyinchiliklarga duch keldik. Shunday bo‘lsa-da, bizda vaziyatlar yuzaga keldi. Ba’zi epizodlarda mezbonlar posboni yaxshi o‘ynagan bo‘lsa, yana boshqa imkoniyatlarimizda zarbalarga aniqlik yetishmadi. Biroq, uchrashuvning birinchi bo‘limida baribir gol urdik va tanaffusga g‘alaba bilan chiqib ketdik.

Ikkinchi bo‘lim ham qiyin kechdi. "Andijon" jamoasi standart vaziyatlarda yaxshi ishlashini bilardik. Ikkinchi golni kiritdik, biroq mezbonlar ham ikkita gol bilan javob berishdi. Xarakter ko‘rsatib g‘alabaga erishdik. Yigitlarga shijoatli futbol uchun minnatdorchilik bildiraman, ular g‘alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Bizni har doim hamma joyda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislarimizga raxmat.

- Abdug‘afur Haydarovning o‘yini sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Abdug‘afur juda ko‘p kurashlarda ishtirok etdi va o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Uning o‘yinidan qoniqdim, olqishlayman. O‘yin davomida ko‘p mehnat qildi.

- Hisob tenglashganida Championat.asia jurnalisti Abdulaziz Iskandarov telegram kanalida "Andijon-taym" haqida yozdi. "Bobur-arena"da "Andijon" kerak bo‘lsa "Barselona"ni ham yutadi degan gaplar yuradi. Jamoangiz bugun nimaning evaziga g‘alabaga erishdi?
- G‘alabaga oxirigacha ishondik. Shu ishonch tufayli g‘alabaga erishdik. Qiyin bo‘lgani rost, "Andijon" jamoasi har doim havodagi ustunlikka ega bo‘ladi. Biroq biz g‘alaba uchun oxirigacha kurashdik va muhim natijani qayd etdik.

- "Surxon" O‘zbekiston kubogi yarim finalida yana "Andijon" bilan o‘ynaydi. Bu o‘yin haqida fikringiz qanday?
- To‘g‘ri, biz kubok yarim finalida yana "Andijon" bilan o‘ynaymiz. Xuddi shu o‘yinni takroran ko‘rmaysiz albatta. Mutlaqo boshqacha o‘yin bo‘ladi. Chunki "Andijon" jamoasi O‘zbekiston kubogini yutish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Ochig‘ini aytsam, maydon holati og‘ir. Bu maydonda futbolchilar bor darajalarini ko‘rsatib bera olishmaydi. Imkoniyatlarni 50/50 baholayman.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fevzi Davletov: "G‘alabaga bo‘lgan ishonch bizga natija keltirdi"