00:41 / 19.08.2024
103

Aleksandr Krestinin: "Ikkinchi bo‘limda jonlandik. Hali ochkolar to‘plashimizga ishonaman"

Aleksandr Krestinin: "Ikkinchi bo‘limda jonlandik. Hali ochkolar to‘plashimizga ishonaman"
Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (3:1) uchrashuvidan so‘ng "Lokomotiv" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Birinchi taymda o‘yinimiz o‘xshamadi. Ikki xil taym o‘tkazdik. Ikkinchi bo‘limda esa vaziyatni to‘g‘riladik.

- "Lokomotiv" jamoasi so‘nggi g‘alabasini aynan "Paxtakor"ga qarshi birinchi davra o‘yinda qo‘lga kiritgan edi. Shundan buyon jamoangiz g‘alaba qozonmadi. "Lokomotiv" uzoq vaqtdan buyon g‘alaba qozonmayotganining sababi nimada?
- Men jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan vaqtimdan buyog‘iga javobgarman. Biz taymlarni yaxshi o‘tkaza olmayapmiz. Hujumlarimiz juda sekin, bunday o‘yin bilan g‘alaba qozonishning iloji yo‘q. Sababi shu.

- Jamoa ikkinchi bo‘limda yaxshiroq o‘ynashni boshladi dedingiz. Haqiqatdan ham jamoangiz ikkinchi taymni ancha jonliroq o‘tkazdi. Dastlabki daqiqalardanoq shunday o‘ynashga nima halal berdi?
- Bu ruhiyatga bog‘liq. Ushbu muammoning yechimini topish ustida ishlamoqdamiz.

- Jamoaning natijalari yaxshi bo‘lmagani tufayli bosh murabbiy o‘zgargan edi. Hozir ham "Lokomotiv"ning ishlari yaxshi emas. Mavsum so‘ngida jamoa ayni damda egallab turgan o‘rnidan balandroqda bo‘lishiga ishonasizmi?
- Albatta. Ikkinchi davrada uchta o‘yin o‘tkazdik va faqatgina bugun mag‘lub bo‘ldik. "Olimpik"ga qarshi o‘yinda esa g‘alaba qozonishimiz kerak edi, ammo o‘yin so‘ngida o‘tkazib yuborilgan gol tufayli g‘alabani qo‘ldan chiqardik. Ochkolar to‘plashimizga ishonaman. Faqat ikkinchi bo‘limdagidek o‘yin namoyish etishimiz kerak.

- Birinchi davrada ham ruhiyat bilan muammolar bor deb aytib o‘tgandingiz. Ushbu muammo qachongancha jamoangizga to‘sqinlik qilishi mumkin?
- Faqatgina mehnat orqali ushbu muammoni yengib o‘tishimiz mumkin. Mashg‘ulotlar va o‘zaro suhbatlar orqali ruhiyat bilan bog‘liq kamchilikni yenga olamiz. G‘alaba qozonmayotganimiz bizga yomon ta’sir o‘tkazmoqda.

- O‘yin so‘ngida yosh futbolchilarga imkoniyat berish vaqti kelgandi menimcha. Jamoa yozda bir nechta yosh futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi.
- Mamasidiqovni maydonga tushirdikku. Biz asosiy tarkibdagi futbolchilar charchab qolishganini sezganimizda yoshlarga imkon beramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin: "Ikkinchi bo‘limda jonlandik. Hali ochkolar to‘plashimizga ishonaman"