Superligada 16-tur o‘yinilari davom ettirildi. "Paxtakor" jamoasi bu turda "Lokomotiv"ni qabul qildi va 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Maksim Shatskix matbuot anjumanida ishtirok etdi va bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida quyidagilarni gapirdi.
- O‘yin to‘liq bizning nazoratimizda bo‘ldi. Birinchi bo‘limdayoq masalani hal qilishimiz mumkin edi. Ikkinchi taymga ishonch bilan chiqdik. Ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar asosan yoshlar edi. Ularga biroz vaqt kerak. Kerak bo‘lmagan golni o‘tkazib yuborganimiz yoqimsiz bo‘ldi. Asosiysi, 3 ochko oldik.
- Yozgi transfer oynasi chog‘ida jamoaga kelib qo‘shilgan futbolchilarning jismoniy holati bilan muammo bo‘lmadimi?
- Aynan muammo shunda. Ular deyarli dam olgani yo‘q. Birinchi davra tugadi. Olimpiadaga tayyorgarlik o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariga kirishib ketishdi. Biz ularga bir necha kun dam olish imkonini berdik. Ular robot emas. Bu ruhan va jismonan katta yuklama. Aytganimdek, vaqt kerak. Sekin-astalik bilan o‘yin tonusiga tushib olishadi. Biz tarkibga qo‘shib olgan futbolchilar jamoani kuchaytirdi.
- Birinchi davrada uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng bugun "Paxtakor" qanchalik javob bera oldi?
- Qarzimiz bor edi. Yigitlarga mashg‘ulot paytida olingan qarz qaytarilishi kerakligini aytdim. Birinchi davradagi omadsizlikni ortig‘i bilan qaytardik. Bundan ham yirik hisob bo‘lishi mumkin edi. Agar birinchi bo‘limdagi 100 foizlik imkoniyatlardan foydalanganimizda, ilk 45 daqiqalikda hammasini yakunlasak bo‘lar edi.
- Sentyabr oyidan klub Elit Chempionlar ligasidagi ishtirokini boshlaydi. Hozirgi jismoniy holatdan kelib chiqib, jamoangizga chempionat va xalqaro maydonda ishtirok etish qay darajada qiyin bo‘ladi?
- Qiyin bo‘lishi aniq. Bizni safarda kutayotgan o‘yinlar marshrutini tuzishni boshladik. Iroq yoki Eronga uchib borish uchun yarim kun sarfalanadi. Bu uchrashuvlar bizni kuch sarflashga majbur qiladi. Yo‘lni o‘zini aytyapman. Bellashuvda ishtirok etish, ortga qaytish va chempionatga kirishib olishni hisobga olmaganda aytyapman. Yigitlar sog‘-omon bo‘lib tursa, bu bosimga dosh berishimiz kerak. Bahslar boshlansa, yana ko‘ramiz. Ko‘z tegmasin, hozircha futbolchilar borasida hammasi joyida. Juda murakkab vaziyat kutmoqda bizni. Bu BAAga uchib borish emas. U mamlakatlarga yetib olish qanchalar murakkab ekanligini bilasiz. Umid qilamanki, bunga tayyor bo‘lamiz.
- "Paxtakor" pik formasiga chiqib boryaptimi?
- Bilasizmi, 4 dekabrga qadar hali o‘yinlar ko‘p. Pik bu juda katta masofani tashkil etishi kerak. Qishki yig‘inlar chog‘ida poydevor qo‘yamiz. O‘sha paytda qaysidir paytda pik formaga chiqib, keyin bo‘shashishni reja qilganmiz. Biz butun chempionatga dosh berishni reja qilganmiz. Olimpiadada ishtirok etgan futbolchilarimizni kuzatyapmiz. Ularning fitness imkoniyatlarini. Ular bilan murabbiylarimiz bilan birgalikda yaqindan tanishyapmiz. Nimalarga qodir ekanligi va nimalarga tayyorligini bilmoqchimiz. Ular ko‘p narsaga qodir. Buni aniq bilaman. Sababi deyarli barchasini ikki yil kuzatganmiz.
- "Lokomotiv"ga qarz qaytarildi, endi ikki turdan so‘ng "So‘g‘diyona"ga ham qarz qaytariladimi? Bunga tayyorlanyapsizlarmi?
- Yo‘q tayyorlanmayapmiz. Bizni "Surxon" bilan uchrashuv kutib turibdi. Ularni yengishimiz kerak, keyin "So‘g‘diyona"ga tayyorgarlik ko‘ramiz. Har bir o‘yinga alohida tayyorlanamiz. Qarzimiz bor ekanligini bilamiz. Yigitlar buni tushunib turibdi. Bizga hozir farqi yo‘q. Jizzax, Namangan, Farg‘ona – farqi yo‘q. Bizda har bir bahs final. Agar bugun maydonga chiqqan kayfiyatimizni saqlab qolsak, hech qanday muammo bo‘lmaydi. Biroz yaratilgan vaziyatlardan foydalanish koeffitsiyentini oshirishimiz kerak. Ana shunda hammasi oson kechadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi