141
Ilyos Zeytullayev: "Bu mavsum chempionlik uchun "Nasaf", OKMK, "So‘g‘diyona" va "Paxtakor" kurashadi"
"Navbahor" hamda "Bunyodkor" uchrashuvidan (2:2) so‘ng mehmon jamoa ustozi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ilyos Zeytullayev: "O‘yin tomoshabop bo‘ldi, muxlislarga raxmat aytaman".
- Bugungi durang g‘alabaga teng deb o‘ylaysizmi?
- To‘g‘risini aytadigan bo‘lsak, 3 ochkoni xohlagandim, chunki hozir og‘ir vaziyatdamiz. 10 kishi bo‘lib qoldik, gapingizga qo‘shilsak bo‘ladi, ammo yigitlar ko‘prog‘iga munosib edi.
- "Bunyodkor" oxirgi bahslarda yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. Bu Zeytullayev ishimi yoki jamoaviy mehnat mahsuli? Bugun jamoangizdan qanday natija kutgandingiz?
- Bunday o‘sishlar hammaning harakati bilan sodir bo‘ladi. Ha, murabbiylar shtabi ham ishlayapti, ammo jamoaga raxmat aytmoqchiman, chunki yigitlar o‘zini ko‘rsata olishyapti. Kam o‘ynayotganlar ham maydonga tushishga tayyor.
- Legionerlaringiz o‘yinidan mamnunmisiz?
- Albatta, chunki bunday vaziyatda jamoamizga qo‘shilib, jon saqlash uchun kurash oson emas. Barcha legionerlarimizdan mamnunman.
- O‘zingiz Italiyada futbol o‘ynab, murabbiylik ham qilgansiz. "Bunyodkor"ga Yevropa futbolidan nimalarni olib keldingiz yoki endi rejangizda bor?
- Men hech qachon vatanimni unutmaganman. O‘zbek futbolini yaxshi ko‘raman. Albatta, Italiya futbolidagi kichik detallarni ishga solyapmiz va natijalar ham ko‘rinyapti. Futbolda 30% bu taktika, qolgani esa psixologiya. Bu uzoq davom etadigan jarayon.
- "Navbahor"ni tahlil qilgan bo‘lsangiz kerak. Namangan jamoasining kuchli tomonlarini aytib bera olasizmi?
- Jamoa juda kuchli, yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Hammani nomma-nom ayta olmayman. "Navbahor"ning kuchli tomonlari ko‘p, biroq yigitlar yaxshi harakat qilishdi.
- Bugun "Navbahor" ko‘plab vaziyatlardan foydalana olmadi. Ularga nima yetishmadi deb o‘ylaysiz?
- Yigitlarim oxirigacha kurashishdi, sabab shu bo‘lsa kerak. Har bir santimetr uchun kurashdik. Havoda ham imkoni boricha g‘alaba qozonishga urindik.
- Bugungi kunda o‘zbek va Italiya futboli o‘rtasidagi farqni aytib bera olasizmi?
- O‘zbek futboli juda yaxshi darajada. Ha, biroz detallarda farq bor. Italiyada ko‘proq mayda detallarga e’tibor qaratishadi. Bu yerda esa tezlik va kurashlar ustida ko‘p ishlashadi. Yevropa futboli biroz boshqacha, yaxshi yoki yomon deya olmayman, uslublar boshqacha.
- Bu mavsum Superliga va Kubokda kim g‘olib bo‘ladi deb o‘ylaysiz?
- Fikrimcha, "Nasaf" va OKMK kurashadi. "So‘g‘diyona"ning o‘yini ham yoqyapti. "Paxtakor"ni esdan chiqarib bo‘lmaydi. Kubokda... Kuchli jamoa yutsin, hech kimga muxlislik qilmayman, bor diqqatim "Bunyodkor"da.
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi