13:00 / 23.08.2024
84

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh sportchi va murabbiylar mukofotlandi

Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh sportchi va murabbiylar mukofotlandi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi.

Mamlakatda olimpiya harakatini yangi bosqichga ko‘tarish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, mamlakatda sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalangan holda, o‘zining azm-u shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etib kelayotgani, xususan, Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarida har tomonlama munosib qatnashib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlandi.

“El-yurt hurmati” ordeni bilan

- Do‘smatov Hasanboy Marfjon o‘g‘li — boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li — boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Rashitov Ulug‘bek Ismatullayevich — taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan

- Jamalov Razambek Salambekovich — erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Mo‘ydinxo‘jayev Asadxo‘ja Zohidxo‘ja o‘g‘li — boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Mullojonov Lazizbek Hasanjon o‘g‘li — boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Xaloqov Abdumalik Anvar o‘g‘li — boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan

- Abdullayev Gulomjon Ozodovich — erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Djurayev Akbar Xusnidilla o‘g‘li — og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Osipova Svetlana Valerevna — taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Yusupov Alisher Xalimboyevich — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan

- Azizov Ulug‘bek Azim o‘g‘li — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
- Kiyamova Nellya Esxatovna — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
- To‘ychiyev Alisher Kurbanovich — Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi.

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

- Polatov Saken Djetibayevich — O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari;
- Tashmatov Sherzod Rixsibayevich — O‘zbekiston taekvondo assosiatsiyasi raisi.

“Do‘stlik” ordeni bilan

- Qilichev To‘lkin Maxmurovich — boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi;
- Toygonbayev Ziyatdinbek Kurmanbekovich — Andijon viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi;
- Turoboyev Muzaffarbek Toshtemir o‘g‘li — dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Xan Pavel Afanasevich — taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
  • G‘afurov Davron Dilmuradovich — Zangiota tumani sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati;
  • Qilichev Farrux Komilovich — Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi boks bo‘yicha murabbiysi, Toshkent viloyati;
  • Mansurov Dilshod Ismatovich — Toshkent tumani sport maktabi direktori, Toshkent viloyati;
  • Mirzadjanov Farhod Mirxamitovich — og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi;
  • Xudayberganov Jamshid Ismailovich — Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi dzyudo bo‘yicha murabbiysi, Xorazm viloyati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan bir guruh sportchi va murabbiylar mukofotlandi