20:00 / 24.08.2024
45

O‘tkir Yusupov "Fulad"dagi dastlabki ikki o‘yinida darvozasidan gol o‘tkazmadi

O‘tkir Yusupov "Fulad"dagi dastlabki ikki o‘yinida darvozasidan gol o‘tkazmadi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi posboni O‘tkir Yusupov yozda "Navbahor"dan Eronning "Fulad" klubiga ko‘chib o‘tganidan xabaringiz bor.

Kuni kecha "Fulad" Eron chempionati 2-turida o‘z maydonida "Mes Rafsandjan" bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Mazkur bahsda Yusupov "Fulad" darvozasini ishonchli tarzda qo‘riqladi va gol o‘tkazmadi. 1-turda ham Yusupov "Nassaji"ga qarshi bahsda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan edi.

E’tiborlisi Eron chempionatining dastlabki 2 ta turida faqatgina Yusupov o‘z darvozasidan umuman gol o‘tkazib yubormadi. Qolgan hech bir klub posboni bunday natijaga erisha olmadi.

"Fulad" navbatdagi o‘yinni 30 avgust kuni safarda Oston O‘runov to‘p tepayotgan "Persepolis"ga qarshi o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘tkir Yusupov "Fulad"dagi dastlabki ikki o‘yinida darvozasidan gol o‘tkazmadi