08:20 / 25.08.2024
51

Denis Korostichenko: "Yigitlarni tanqid qilmayman, ammo..."

Denis Korostichenko: "Yigitlarni tanqid qilmayman, ammo..."
Superligada 17-tur bahslari davom etdi. "Olimpik" jamoasi "Neftchi" mehmoni bo‘ldi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Denis Korostichenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Birinchi navbatda "Neftchi"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Kurashlarga boy bo‘ldi, bahs. Yigitlarimiz, birinchi bo‘limda ularni boy berdi, ammo ikkinchi taymda vaziyatni nisbatan tenglashtirdik. Xatolarimiz gollarga sabab bo‘ldi. Yigitlarni tanqid qilmayman, ammo ular o‘yinga avvalgilariga nisbatan yomonroq yondashishdi. Pauza bo‘ladi. O‘sha payta o‘yinni tahlil qilish uchun vaqtimiz yetarli bo‘ladi. Umuman olganda, muxlislar uchun qiziq uchrashuv bo‘ldi. Birinchi bo‘limda istaganimizning hech biri o‘xshamadi.

- "Olimpik"ning 70-80 foiz futbolchisi tark etdi. O‘sha tempni ushlab qola olasizlarmi?

- Albatta, tempni ushlab qolish qiyin. Jamoani tark etgan yigitlar olimpiya terma jamoasi a’zolari edi. Ba’zilari terma jamoaga ham chaqiruv olmoqda. Ularning o‘rnini to‘ldirish oson emas. Harakat qilamiz. Oxirigacha kurashamiz. Yigitlarda ishtiyoq bor. Hozircha ochko jamg‘armayapmiz, ammo o‘yinlarimiz chempionlik uchun kurashayotganlar bilan to‘g‘ri kelmoqda. Ketganlarning o‘rnini to‘ldirish deyarli imkonsiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Korostichenko: "Yigitlarni tanqid qilmayman, ammo..."