“Roma” muxlislari yangi mavsumda jamoaning birinchi va hozircha yagona bo‘lib turgan golini urgan Eldor Shomurodovni muhokama qilishda davom etmoqda.
Italiyada beshinchi mavsumini boshlagan o‘zbek futbolchisi har yangi chempionatda albatta o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ymoqda.
Rim klubi muxlislari jamoaga katta mablag‘ evaziga olib kelingan o‘yinchilar o‘zini ko‘rsata olmayotgani, aksincha, foyda keltirishi mumkin bo‘lgan Eldor Shomurodov transferga qo‘yilganini tanqid qilyapti.
Marco Foroni:
Uch oy quruq gap eshitib keldik, transfer bozorida 100 millionlab sarfladik. Keyin Rimda ikki yil o‘ynamagan Eldor Shomurodov maydonga tushdi, gol urdi, hisobni tenglashtirishga yaqin keldi, aniq penaltini ishladi, lekin hakam nuqtani ko‘rsatmadi, to‘pni jamoaga olib berdi, bizni mag‘lubiyatdan qutqarishga qo‘lidan kelgancha harakat qildi. Futbolning go‘zalligi shu bo‘lsa kerak.
Alessandro Ucciopoto:
“Empoli”ni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Jamoa shunga yarasha o‘yin ko‘rsatdi. Biz La Liga to‘purari sifatida ukrainalik Dovbikni oldik, u 90 daqiqa ichida hech narsa qila olmadi. Keyingi ikki mavsumda ijarama-ijara yurgan Eldor Shomurodov boshqalardan ancha chaqqon chiqib qoldi. Ajoyib gol urganidan tashqari, yana to‘p kiritilishi mumkin bo‘lgan ikkita epizod qahramoni bo‘ldi.
Agar o‘yinni kuchaytirmasak, kuchli to‘rtlik uchun emas, ligada qolishga kurash olib borishimizga to‘g‘ri keladi.
Majd Abo Ali:
Daniele De Rossi va uning murabbiylar shtabi tanlovlari o‘zini oqlamayapti. Jamoa keng maydon bo‘ylab hujum qilishi kerak. Lekin chap qanotga Nikolo Zalevskining tushirilishi xato bo‘ldi. Bu pozitsiyada tajribali Stefan El-Shaaravini tushirish kerak edi.
Eldor Shomurodov “Roma”da zo‘r o‘yinchi edi, lekin Mourino uni “bo‘g‘di” va futbolchi boshqa klubga o‘tib ketishiga to‘g‘ri keldi.
Edi Saputro:
Jamoaviy o‘yinni kuchaytirish kerakligi ko‘rinib qoldi. Imkoniyatlar ko‘p, lekin ulardan foydalanishda aniqlik yetishmayapti. Mayda-chuyda xatolar bor. “Empoli” bilan bahsda kerakmas joyda penalti yuz berdi, Matias Sule to‘pni uzoq ushlab qolyapti, Kristante va Pellegrini ko‘pincha xudbinlik qilyapti. Dovbik himoyadan o‘tolmayapti.
Eldor Shomurodov esa, ancha kuchli ekan. “Yuventus” bilan bo‘ladigan keyingi o‘yinda u bizga g‘alaba keltirishi mumkin.
Massimiliano Perrone:
Sule hali ancha xom ekan. To‘pga yopishib qolgan. Baldansi undan yaxshiroq. Eldor Shomurodov ancha kuchayib ketibdi. Dibala bu gal ham samarali o‘ynadi.
Leonardo Montesi:
Mavsumning birinchi va hozircha yagona golini Eldor Shomurodov urdi. Afsuski, biz uni boshqa klublarga berib yubormoqchimiz. Bizning yulduzlarimiz maydonda ko‘rinmay qolyapti. “Roma” ham “Kalyari” va “Empoli” kabi o‘rtamiyona jamoalar darajasiga tushib qoldi.
“Roma” futbolchilari Italiya A Seriyasidagi navbatdagi uchrashuvini 1 sentyabr kuni Turin shahrida “Yuventus” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi